8.4.Bank marketingining tarkibiy qismlari
Bank marketingi o‗ziga xos yondashuvga ega va iste‘molchilarga ta‘sir
o‗tkazishga oid bo‗lgan keng doiradagi ishlarni o‗z ichiga oladi.
Banklararo
raqobatda marketing xizmatini o‗rni beqiyosdir. Bank mahsulotining hayot davrini
uzaytirishda marketing strategiyasini ishlab chiqish zarur.
Marketing so‗zi inlizcha "market"- bozor so‗zidan olingan bo‗lib-bu bozorni
tahlil qilish va istiqbolni aniqlash, bozordagi faoliyatning strategiyasi va taktikasini
maxsus ishlab chiqarish orqali muayyan iste‘molchilarning talablarini qondirish va
foyda olishga yo‗naltirilgan ishlab chiqarish hamda sotishni tashkil qilish tizimidir
14
.
Bank marketingining asosiy usullari sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin:
mijoz bilan suhbat, faoliyat rentabelligini ta‘minlash, boshqa banklarga nisbatan
mijozlarga xizmat ko‗rsatish sifatini yuqoriligini ta‘minlash, bank xodimlarining
xizmat ko‗rsatishdan moddiy manfaatdorligi. Bank mijozlari munosabatlarga
kirishishi nuqtai-nazardan bank marketingi aktiv va passiv marketingga bo‗linadi:
Aktiv marketingga quyidagilar kiradi: to‗g‗ri marketing, ya‘ni pochta, telefon va
televidenie orqali reklama qilish, mijoz bilan suhbat qilish, uning talablarini o‗rganish
va boshqalar.
Passiv marketing - ro‗znomalarda bank faoliyati va holati, ko‗rsatayotgan
xizmatlari to‗g‗risida ma‘lumotlar chop etish. Yuqori natijalarga erishmoqchi bo‗lgan
bank ham aktiv, ham passiv marketingdan foydalanishi lozim.
Bank faoliyati jarayonida marketingning asosini uning bozor imkoniyatlarini
tahlil qilish tashkil etadi, chunki banklar o‗z kredit kapitalining bozordagi o‗rnini
aniqlash maqsadida marketing izlanishlari o‗tkazishi kerak bo‗ladi.
14
1.Аакер Д., и др. Маркетинговие исследования, изд. 7-е. Пер. с англ. Под ред. С. Божук. СПб.: Питер, 2012. -
848 с.
118
Do'stlaringiz bilan baham: |