Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
-rasm. Bank marketingining tashkiliy tuzilishi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
29-rasm. Bank marketingining tashkiliy tuzilishi. Bank boshqaruviga marketing kiritilishi bank faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishning asosiy mezonlarini tizimlashtirishni hamda bozorni o‗rganish va rivojlantirishning aniq choralarini belgilab beradi. Tijorat banklarida marketingning joriy qilinishi bank faoliyati daromadliligi ortishi va tavakkalchiligi kamayishiga ko‗maklashadi. Bank marketingi zaruriyati shundan iboratki, u kredit tashkilotining butun faoliyati bozorda rivojlanayotgan jarayonlarga mosligini saqlab turadigan mexanizm sifatida faoliyat yuritadi. Bank sohasida marketingning xususiyati shundaki tijorat banklari faqatgina omonatlarni jalb qilishdan manfaatdor bo‗lib qolmasdan, jalb qilingan mablag‗larni turli korxonalar, tashkilotlar, kichik va o‗rta biznes korxonalarini, shuningdek, ayrim hududlar va xalq xo‗jaligi tarmoqlarini ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim vazifalarini hal etishga qaratilgan investisiya loyihalarini kreditlashdan manfaatdordir. Bu marketingni tijorat banklarining omonatchilari bilan o‗zaro aloqalari sohasida ham, shuningdek, korxona, tashkilot, kichik va o‗rta biznes korxonalari hamda dehqon xo‗jaligi ko‗rinishida ishlayotgan firmalarga ssuda berish shaklida amalga oshirilayotgan kredit ajratish sohasida ham yalpi rivojlantirishni taqozo etadi. Ammo ta‘kidlash lozimki, marketingning maqsadi ikki sohada ham har xil. Agar birinchi sohada marketing mijozlarni omonatchilar sifatida jalb qilishga yo‗naltirilgan Marketing tadqiqotlarining maqsadliligi Marketing strategiyasini rejalashtirish Bank xizmatlarini atanlash bo‗yicha bank siyosati Bankning baho siyosati Marketing tadqiqotlari Bank xizmatlari bozorini kompleks tahlil qilish Bank marketingi Marketingni strategik rejalashtirish va siyosatni ishlab chiqish Bank xizmatlarini realizatsiya qilish bo‗yicha bank siyosati Bankning kommunikasion siyosati 119 bo‗lsa, ikkinchi sohada bank resurslarini undan yuqori samaradorlik bilan foydalana oladigan korxona va tashkilotlarga yo‗naltirishga qaratilgan. Bank marketingi bank mijozlarining ho‗jalik faoliyati turini, ularga qarashli hamkor – sheriklarning jo‗g‗rofiya jihatdan joylashgan o‗rni, ularning moliyaviy ahvoli va pul muomalasi tezligiga ta‘sir etuvchi boshqa omillarni hisobga oluvchi hisob-kitoblarning yangi shakli bilan bog‗liqdir. Bank sohasida marketingni qo‗llash natijasida kredit resurslari bozorini o‗rganish, mijozlarning moliyaviy imkoniyatlarini tahlil qilish, banklarga omonatlarni jalb qilish imkoniyatlari va bank muassasalari faoliyati o‗zgarishini ta‘minlash mumkin. Marketing yangi mijozlarni jalb qilishga yordam beruvchi shart-sharoitlarni ta‘minlashga, mijozlarning ushbu bankka o‗z mablag‗larini qo‗yishga qiziqtirish uchun bank xizmatlari turlarini kengaytirishga yo‗naltiriladi. Bank xizmatlari bozorida tijorat banklarining marketing strategiyasi bozorni o‗rganish va rivojlantirishning aniq choralarini belgilab beradi. Tijorat banklarida marketingning joriy qilinishi bank faoliyati daromadliligi ortishi va tavakkalchiligi kamayishiga ko‗maklashadi. Bank marketingi zaruriyati shundan iboratki, u kredit tashkilotining butun faoliyati bozorda rivojlanayotgan jarayonlarga mosligini saqlab turadigan mexanizmdir. Tijorat banklari faoliyatida marketingning asosiy maqsadi bo‗lib – bank xizmatlari bozorida mavjud xizmatlarni iste‘molchilariga yetib borishini ta‘minlashdan iboratdir. Ushbu marketing jarayoni tijorat banklari tomonidan barcha mijozlarni xar tomonlama chuqur o‗rganish asosida ularning talablarini aniqlash bilan boshlanib, aniqlangan talablarni to‗la qondira oladigan yangi xizmat turlarini yaratish, hamda ularni iste‘molchilar tomonidan iste‘mol qilinishi bilan yakunlanadi. Tijorat banklari tomonidan yangi bank xizmatlarini amaliyotga joriy qilinishi esa, ayrim xolatlarda juda oddiy omillarga masalan, mijozlar bilan bank xodimlarining muloqat qilish masalalariga, ularning ish o‗rinlarini joylanishiga hamda yangi xizmat turlarini bo‗lajak iste‘molchilarga yetkazish uslublariga bog‗liq bo‗ladi. Ushbu omil esa tijorat banklari marketingini ishlab chiqishda quyidagi vazifalarni bajarishni talab etadi: 1. Mavjud va kelajakdagi bank xizmatlar bozorini belgilash; 2. Iste‘molchilar talabini to‗laroq qondirish maqsadida bank xizmatlari bozorida aniq yo‗nalishlarni aniqlash; 3. Mavjud va kelajakdagi bank xizmatlari bozorida yangi xizmatlar turlarini joriy etish bo‗yicha qisqa va uzoq muddatli maqsadlarni belgilash; 4. Bank xizmatlari bozorida yangi bank xizmat turlarini amaliyotga kiritish va u yuzasidan bank nazoratini olib borish bo‗yicha dasturni ishlab chiqish. Bank o‗z kelajagi haqida aniq tasavvurga ega bo‗lishi kerak. Shu tufayli marketing tadqiqotlari bankning tadbirkorlik faoliyati strategiyasi va dasturini ishlab chiqishi lozim. Bank xizmatlarini dasturlashtirish, bozordagi harakatlari strategiyasini aniqlash va amalga oshirishni, bank mahsulotlarining asosiy turlariga bozor talabini aniqlash, marketing kopsepsiyasini asosiy tamoyillarini tashkil etadi. Bank bozorining o‗zgaruvchan shart-sharoitlarini hisobga olgan holda bankning kelajakdagi faoliyati yo‗nalishlarini aniqlashga imkon beradigan strategik rejalar 120 ishlab chiqishi zarur. Raqobatchilarning ehtimolli hatti-harakatlarini hisobga olgan holda narx-navo, sotuv va tovar siyosati sohasida tadbirlarni ishlab chiqish bank faoliyatini boshqarish marketing jihatidan yondashuvning ancha avfzalligini aks ettiradi. Marketing dasturlari uzoq muddatli strategiya siyosatini yuritish, katta iqtisodiy yo‗qotishlardan ehtiyot bo‗lish hamda barqaror rivojlanish va muvaffaqiyatlarga erishishga imkon beradi. Bank marketingi konsepsiyasi – bu bank xizmatlarini tashkil etish, uni yo‗lga qo‗yish va iste‘mol etishga ta‘sir ko‗rsatuvchi xizmatlar va omillar turini kengaytirish, bank mijozlari ehtiyojlarini to‗laroq qondirishni bildiruvchi dasturdir. Bunda bank bank muassasasining hajmi va xususiyatlarini hisobga olish nazarda tutiladi. Marketing yondoshuvi banklarga birinchi navbatda mijozlarning real ehtiyojlarini mo‗ljal qilishga qaratilgan. Shuning uchun bozor sharoitida har bir bank xodimi moliyaviy mahsulotlarining sotuvchisiga aylanadi. Har bir mijoz bilan muloqat jarayonida bank xodimi mijoz muhtoj bo‗lgan bank xizmatini aniqlashi, unga har bir bitimning qulayligi va zarurligini tushuntirib berishi kerak. Bank ilgari o‗z mijozlariga an‘anaviy bank mahsulotlari majmuini taklif etgan bo‗lsa, endilikda u mijozlarning muayyan guruhlariga, ya‘ni kichik va o‗rta biznes, tijorat firmalari, yirik va o‗rta korxonalar, hukumat va kichik mahalliy hokimiyat idoralari, hamda keng aholi qatlamlariga mo‗ljallangan yangi bank xizmat turlarini muntazam ishlab chiqishga majburdir. Bank faoliyatining asosiy baxolash mezoni -mijozlar ehtiyoji bo‗lib qolmoqda. Shuning uchun bankning maqsadi bu uzoq vaqt davomida mijozlar doirasini saqlab qolish va kengaytirish, korxonalar va tashkilotlarga xizmat ko‗rsatishdan iboratdir. Bank mijozning real ehtiyojlarini qondirishga intilishi, u haqiqatdan ham muhtoj bo‗lgan xizmatni taqdim qilishi zarur. Bank marketingining asosiy maqsadlaridan biri yangi mijozlarni jalb qilish va bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlarni saqlab qolishdan iboratdir. Bozor munosabatlari sharoitida raqobat kuchaygan sari mijozlar bilan ishlash usullarini takomillashtirish va resurslarni to‗ldirish imkoniyatlari vujudga keladi va mijozlarni jalb etish va tanlash amalga oshiriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling