Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


 Tijorat banklarida aktiv va passivlarni boshqarishning «Farq» usuli


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   131
6.6. Tijorat banklarida aktiv va passivlarni boshqarishning «Farq» usuli 
 
Tijorat banklari faoliyatida aktiv va passivlarni boshqarishda muhim vosita 
bo‗lib, aktiv va passivlar bo‗yicha o‗rtacha foiz stavkalar bo‗lib xizmat qiladi. Tijorat 
banklari faoliyatini sof foizli marja yoki spred ko‗rsatkichlari boshqarish mumkin. 
Banklarda aktiv va passivlar bo‗yicha foiz stavkalar o‗rtasidagi farq orqali banklar 
faoliyatini boshqarish bugungi kunda keng tarqalgan usullardan hisoblanadi.
Mazkur usulni chuqur o‗rgangan Fransiyalik tadqiqodchi SSF banki xodimi 
Patrik Berjere tomonidan 1991- yilda «aktiv va passivlarning qaytish darajasi va 
«farq» tahlili» nomli o‗zining uslubini ishlab chiqdi. Mazkur uslubning eng muhim 
tomoni shundan iboratki, bu uslub to‗la kompyuter texnologiyasiga asoslangan, 
ammo oddiy YeXSEL dasturida yaratilgan, bank balansini to‗la tahlilini o‗z ichiga 
qamragan dastur hisoblanadi. 
Bugungi kunda Rossiya iqtisodiy adabiyotlarida bu uslub turg‗un holat tahlili 
sifatida qaralmoqda. Jumladan, Ye.Stroganova va O.Zaxarovalar
20 
Farq(GAP) 
tahlilini «statik holat» va «matematik tahlil» sifatida qaraydilar. Biz bu 
mulohazalarga qo‗shila olmaymiz. Chunki bu boshqaruv – tahlil usulubi «dinamik 
tahlil» hisoblanadi. 
Bu dasturda yakuniy natija olishdan oldin balansning har bir bandi chuqur 
o‗rganilib chiqiladi. Shunga ko‗ra aniq qaytish grafigiga ega bo‗lgan aktiv va 
majburiyatlar bo‗yicha kutilayotgan aniq to‗lov muddatlari borasida raqamlarga ega 
bo‗linadi. Qaytish grafigiga ega bo‗lmagan beqaror aktiv va majburiyatlar bo‗yicha 
esa taxminlar kiritilib kelajakdagi holat o‗rganiladi. Shu bilan birga bir hisobot shakli 
20
Строганова Е. «Управление процентнiм риском - одна из основуспешного развития банк». ст. журнал 
«Бюллетень финансовой информации» № 1-2 (44-45), январь-февраль, М.: -1999 г. стр - 90-97. О.Захарова. «Как 
восстановить ликвидность российских банков». cт. журнал. «Бюллетень финансовой информации» № 10 (41), 
октябрь, М.: -1998 г. cтр - 14-17. 


88 
bilan bank bir xaftalik, o‗n besh kunlik, oylik, yarim yillik, yillik va hohlasa joriy 
balans ma‘lumotlariga asoslangan holda bir necha yillik aktiv va passivlarning hamda 
likvidlik holati tahliliga ega bo‗lishi mumkin. 
Banklarda aktiv va passivlarni boshqarish, avvao bank likvidligini optimal 
boshqarish, mijozlarga o‗z vaqtida, sifatli xizmat ko‗rsatishning garovi bo‗lsa, 
ikkinchi tomondan bank uchun ishonchli kredit mablag‗larining manbaini tashkil 
etish demakdir. Ammo tijorat banki uchun kecha yopilgan balans bo‗yicha turg‗un 
likvidlik holatini o‗rganish emas, balki kutilayotgan likvidlik riskini oldindan bilish 
muhim. 
Bugungi kunda har tijorat banki o‗zining aktiv va passivlarni boshqarish 
bo‗yicha alohida o‗z siyosatini va strategiyasini ishlab chiqadi. Markaziy bank 
tomonidan iqtisodiy me‘yorlar o‗rnatilishi jarayonida tijorat banklarining likvidlik 
darajasi inobatga olingan. Jumladan, 30 kungacha muddatga joylashtirilgan likvid 
aktivlar 30 kungacha bo‗lgan qisqa muddatli majburiyatlarni (talab qilib olgunga 
qadar depozitlar va 30 kungacha to‗lov muddati keladigan muddatli omonatlar) 
qoplashi lozim. Mazkur me‘yorning o‗rnatilgan darajasi 30% ni tashkil qiladi. Demak 
bank o‗z likvid aktivlari bilan qisqa muddatli majburiyatlarini (talab qilib olgunga 
qadar hisob raqamidagi depozitlar va 30 kungacha to‗lov muddatli omonatlar) to‗liq 
qoplash imkoniyatiga ega. Boshqa tomondan esa bank ortiqcha likvid mablag‗larni 
tutib turibdi va bu esa daromadlilik darajasining kamayishiga sabab bo‗ladi. 
Farq (GAR) bu – bank likvidligining holati (mablag‗larning yetarliligi yoki 
kamomadini) ifodalab, tijorat banklari aktiv va passivlari o‗rtasidagi muvofiqlikni 
qaydarajada ekanligini ko‗rsatadi. Tijorat banklari aktiv va passivlari o‗rtasidagi 
o‗zaro mutanosiblik ―Farq‖ni ko‗rsatadi. Ushbu GEP ikkiga bo‗linadi: 
1. Salbiy Farq (-GAR) bankning likvid mablag‗larga bo‗lgan talabi 
mavjudligini ifodalaydi;
2. Ijobiy Farq (+GAR) esa likvid mablag‗larning ortiqchaligini ifodalaydi.
Bu yerda asosan salbiy farq (-GAR) bankda mablag‗lar tanqisligini, ijobiy farq 
(+GAR) esa mablag‗larning ortiqchaligini ko‗rsatadi. Bunday holatda mazkur salbiy 
farq (-GAR) ni yopish, ijobiy farq (+GAR)ni daromad keltiruvchi aktivlarga 
taqsimlash orqali kelajakda foydaning miqdori taxmin qilinadi. Mazkur ijobiy farqni 
(+GAR) daromad keltiruvchi aktivlar o‗rtasida qayta taqsimlashda aktivlarning 
daromadlilik darajasiga e‘tibor beriladi. Salbiy farqni (-GAR) qoplash uchun jalb 
qilinadigan mablag‗larning eng yuqori foiz darajasi (M
max
) asos qilib olinadi. Jalb 
qilinadigan mablag‗larning eng yuqori foiz darajasi (M
max
) tanqis bo‗lgan 
mablag‗larni tashqi bozordan sotib olishning eng yuqori tannarxini ko‗rsatadi. Jalb 
qilinadigan mablag‗larning eng yuqori foiz darajasiga (M
max
) foiz darajalarning 
kelajakdagi taxminiy darajasini (%
F
) qo‗shish orqali haqiqiy tannarx aniqlanadi. Foiz 
darajalarining kelajakdagi taxminiy darajasini hisoblash yordamida yoki bir qancha 
chet mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda bir nechta aktiv operatsiyalarning 
elastik foiz darajalarini asos qilib olgan holda belgilash mumkin.
Bu xil jarayonning qanchalik samarali olib borilayotganini kuzatish uchun 
aktivlarning daromadlilik koeffisenti AKD(ROA) ko‗rsatkichini kuzatib borish va 
amalga oshirilgan aktiv va passivlarning boshqarish samarasini va daromadlilik 


89 
darajasini ko‗rish mumkin. Boshqa tomondan aktiv va passivlarni boshqarish 
samarasi aktivlarning sifatiga va majburiyatlarning shakliga ko‗p tomondan bog‗liq. 
Bank o‗z zimmasiga oladigan majburiyatlari qanchalik ko‗p va arzon bo‗lsa bankning 
daromadlik darajasi shunchalik ortib boradi. Bunday holatda bank likvidligini 
boshqarish asosiy strategik maqsad bo‗lishi lozim.
Bank o‗z sarmoyasiga mos qanchalik majburiyat olishi mumkinligini va bu 
majburiyatlarni qanday aktivlarga joylashtirishi lozimligini aktivlarning daromadlilik 
koeffisenti (ROA) va Leveraj ko‗rsatkichlari orqali kuzatilib boradi. Bu 
ko‗rsatkichlarning sifati bankning o‗z sarmoyasini orttirish imkonini beradi. 
Shuni ta‘kidlash kerakki, bank kapitali qanchalik yirik bo‗lsa, bu bank 
shunchalik tavakkalchilikka asoslangan holda daromadligi yuqori bo‗lgan investisiya 
loyihalarini moliyaviy qo‗llab - quvvatlash imkoniga ega bo‗ladi. Bank olgan 
daromadning qancha miqdori bank ixtiyorida bank kapitalini orttirish maqsadida 
qolishini kapitalning daromadlilik koeffisenti (ROE) ko‗rsatkichi yordamida 
ko‗rishimiz mumkin. 
Mazkur uslubda bankning likvidlik holati eng qulay holatlar hisobga olingan 
holda tahlil qilinib, iqtisodiy sharoit bank uchun qulay bo‗lganda bank foydasining 
maksimal ortish darajasi bilan iqtisodiy holat noqulay bo‗lganda bank zararining eng 
quyi nuqtasiga tushish holati solishtirilib bankning bozordagi imkoniyat chegarasi 
ham o‗rganiladi. Bu jarayonda eng muhim muammo salbiy Farq (-GAR)ni yopish 
masalasi bo‗lib, tahlillar noqulay sharoit hisobga olingan holda olib boriladi. Chunki 
bank uchun mablag‗lar jalb qilgan holda barqaror mablag‗larni shakllantirishga salbiy 
ta‘sir ko‗rsatuvchi quyidagi omillar ta‘sir ko‗rsatadi: 
 pul emissiyasining qisqarishi hisobiga iqtisodiyotda jamg‗armalarning 
kamayishi. 
 nominal foiz darajalarining va majburiy zaxiralar fondiga ajratmalar 
darajasining ortishi hisobiga bank bozoridagi mablag‗lar tanqisligi. 
 korxona va tashkilotlarning byudjet oldidagi to‗lovlarning ortishi va 
muddati o‗tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarning ortishi qarzlarning o‗sishi. 
Agar bankda likvid aktivlar ortiqchaligi kuzatilsa, bank mablag‗lar bozoriga 
sotuvchi sifatida chiqadi va foiz darajalari ko‗tarilish holatida yuqori foizda likvid 
mablag‗larini daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirish hisobiga foyda oladi.
Bundan tashqari bank foyda mikdorining foiz darajasidagi o‗zgarishlarga 
nisbatan elastikligini tahlili juda muhim. Bu tahlil bank boshqaruviga likvid 
aktivlarida kamomad kuzatilgan paytda foiz darajasidagi o‗zgarishlarni hisobga olgan 
holda jalb qilinadigan mablag‗larning qisqa muddatga yoki uzoq muddatga jalb 
qilinishi, likvid aktivlar ortiqcha bo‗lgan paytda esa bu mablag‗larni qisqa muddatga 
yoki uzoq muddatga joylashtirish borasida qaror qabul qilishida foydali hisoblanadi. 
Mazkur ko‗rsatkichni topish uchun ortiqcha likvid mablag‗larni jalb qilishda 
yoki likvid mablag‗larni qoplashda foiz darajasining 2 foizga o‗zgarishi taxmini 
asosida foyda miqdoridagi o‗zgarish kuzatilib, bu o‗zgarish miqdorining yillik foyda 
tarkibidagi salmog‗i aniqlanadi. Mazkur ko‗rsatkich elastiklik koeffisienti deb atalib 
quyidagi formula bilan topiladi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling