83
Mablag„lar
Mablag„larni
manbasi (tashkil topish)
joylashtirish (aktiv)
Depozitlar
Kassali aktivlar
Olingan
kreditlar
Vakillik
hisobvarag‗idagi
mablag‗lar
Emissiya
qilingan qarz
qimmatli
qog‗ozlar
Umumiy fond
mablag„lari
Qimmatli
qog‗ozlar
Bank
kapitali
Ssudalar
Asosiy vositalar
24-rasm. Umumiy fond mablaglari modeli yordamida aktivlarni
boshqarish.
Ushbu rasmda ko‗rish
mumkinki, tijorat banki tomonidan jalb qilingan
mablag‗lar avval umumiy fondga yig‗iladi va ehtiyojga qarab turli yo‗nalishlarda
foydalaniladi. Masalan, jismoniy shaxslarning bankdagi jamg‗arma
depozitlari
shakllantirilsa, ushbu mablag‗ kassada aks ettiriladi va bank ushbu mablag‗lardan
xizmatlarni ko‗rsatish yoki mahsulotlarni realizatsiya qilishda erkin foydalanadi.
Ushbu usuldan xalqaro amaliyotda ham O‗zbekiston bank amaliyotida ham keng
foydalaniladi. Chunki samaradorlik yuqori bo‗lgan usul hisoblanadi. Albatta
barcha
metodlar singari mazkur metod universallikka da‘vo qilmaydi, Metodning kuchsiz
tomoni aktiv va passivlar bog‗liqligiga ahamiyatining yo‗qligidir.
Aktivlar va passivlarni boshqarishning asosiy maqsadi riskning eng past
darajasi sharoitida daromadlar va xarajatlar orasidagi
ijobiy farqni mumkin qadar
oshirish yoki uni juda bo‗lmaganda barqaror darajada saqlab turishdan iborat ekanligi
ma‘lum.
Do'stlaringiz bilan baham: