Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


 Tijorat banklarida aktivlarni boshqarish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131
6.3. Tijorat banklarida aktivlarni boshqarish 
 
Tijorat banklari aktivlari birinchi navbatda qisqa muddatli kelajakni nazarda 
tutadi va har kungi bank balansini boshqarish ishi bilan bog‗liqdir. U bank faoliyatida 
daromadni oshirish va risklarni chegaralashga yo‗naltirilgan. Shuning uchun
aktivlarni boshqarishning moliyaviy jixatdan asosiy maqsadi, daromadlarni oshirish 
va bank faoliyatidagi risklarni pasaytirishdan iborat. 
Bankning aktiv operatsiyalari tahlili daromadlilik, risk darajasi, likvidlilik 
nuqtai nazaridan amalga oshirilishi kerak. 
 
 
23-rasm. Bankning aktiv operatsiyalari tahlili omillari 
Shuningdek, uzoq muddatli strategik rejalashtirishda ham muhim rol o‗ynaydi. 
Tijorat banklari aktivlarini tahlil qilish uchun muammoli kreditlarni tasniflash asosida 
berilgan ssudalar va boshqa aktivlarni baholash zarur. Aktivlarni andozaviy, shubhali 
va zarar keltiradigan turlariga tasniflash tizimi barcha aktivlar reytingini miqdor 
jihatdan aniqlash, shuningdek, kreditlardan zarar ko‗rish hollarida mo‗ljallangan 
zaxiralar yetarliligini baholash imkonini beradi. Asosan uzoq muddatli kreditlar, nakd 
pullar va vakillik hisobvaraqlari, ssuda va boshqa aktivlar holatiga e‘tibor qaratiladi. 
Bankning aktiv operatsiyalari tahlili daromadlilik, risk darajasi, likvidlilik nuqtai 
nazaridan amalga oshirilishi kerak. Bank taraqqiyoti manbalaridan ma‘lumki, bank 
aktivlari daromadliligi va likvidliligi bir-biriga qarama-qarshi. Bank likvidliligi va 
uning daromadliligi o‗rtasidagi aloqadorlik tahlili likvidlilik ahamiyatining ustunligi 
to‗g‗risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Bu mezonning ustunligini hisobga olish 
natijasi ko‗rsatilgan qarama-qarshilikni muvofiqlashtirishga va bank faoliyatining 
asosiy maqsadi bo‗lgan foyda olishga erishishga olib keladi. 


81 
Bankning faoliyatida aktivlarning tutgan rolini yana ham mukammalrok 
o‗rganish uchun quyidagi ko‗rsatgichlarni hisoblash muhimdir: 
 tashkilotlar, korxonalar, jismoniy shaxslar va banklarga berilgan kreditlar 
bo‗yicha umumiy kredit summasini hisoblash; 
 berilgan kreditlarni ularning muddatlari, tarmoqlarga berilishi va ularning 
umumiy karzdagi salmog‗ini aniqlash; 
 ssudalarning o‗rtacha foiz stavkalarini hisoblash va kredit bahosining o‗rtacha 
darajasini aniqlash; 
 umumiy ssudalarning ichida muddati o‗tgan qarzlarning salmog‗ini hisoblash. 
 bank tamonidan berilgan yirik kreditlarning hajmini aniqlash; 
 berilgan turli darajadagi kreditlarning Markaziy bank yo‗riqnomalariga javob 
berishini hisoblash; 
Bulardan tashqari yana ham quyidagi koeffisientlar borki, bularni ham hisoblash 
foydadan holi bo‗lmaydi: 
1. Aktivlardan foydalanish samaradorligi. Buni quyidagicha aniqlaymiz. 
Aktivlardan 
foydalanish 
samaradorligi 
H

Daromad keltiruvchi aktivlarning o‗rtacha miqdori 
Brutto aktivlar 
Bu koeffisent aktivlarning qancha qismi ishlashini va daromad keltirishini 
ko‗rsatadi. Ushbu ko‗rsatkich 70-80 foiz atrofida bo‗lishi tavsiya etiladi. Chunki 
ushbu ko‗rsatkichning juda yuqori bo‗lishi banklar faoliyatida risk darajasining 
oshishiga olib keladi. 
2. Kredit berishda depozit mablag‗laridan foydalanish koeffisenti. 
Kredit 
berishda 
depozit 
mablag‗laridan 
foydalanish 
koeffisenti 

Kreditlarning o‗rtacha qoldig‗i 
Brutto depozitlar
Tijorat bankining jalb qilingan depozitlaridan foydalanish samaradorligini 
ko‗rsatadi. Mazkur ko‗rsatkich qancha yuqori natijaga ega bo‗lsa, bank jalb qilingan 
depozitlaridan samarali foydalanayotganligini ko‗rsatadi.
3. Tijorat banklari kreditlarining bank jami aktivlaridagi ulushi. 
Tijorat 
banklari 
kreditlarining 
bank 
jami 
aktivlaridagi ulushi 

Kreditlarning o‗rtacha qoldig‗i 
Brutto aktivlar 
Ushbu ko‗rsatkich tijorat bank aktivlarining qancha qismi kreditlardan iborat 
ekanligini ko‗rsatadi va xalqaro amaliyot tavsiyasiga ko‗ra 60 foizdan yuqori bo‗lishi 
lozim. Bu esa bankning asosiy daromadlari kreditlardan olinishi bilan izohlanadi.
Ushbu ko‗rsatkichlar bankning kredit siyosati samaradorligini, bankning 
aktivlarining maqsadga muvofiq tuzilishini ko‗rsatadi, ularning risklilik darajasini va 
bankning likvidligiga, daromadliligiga, rentabelligiga ta‘sirini ko‗rsatadi. 
Bank aktivlarini boshqarish ko‗p jihatdan moliyaviy risklarni nazorat qilish va 


82 
kamaytirishga bog‗liq. Har qanday bankka tegishli majburiy maqsadga muvofiq 
xujjatlar to‗plami mavjud emas. Lekin banklar o‗z aktivlarini shakllantirishda 
quyidagi hujjatlari bo‗lishi aqsadga muvofiq: 
1. Foiz stavkalari o‗zgarishiga bog‗liq balans o‗zgarishi hisoboti. 
2. Foiz stavkalari o‗zgarishiga bog‗liq aktivlarni qaytarish grafigi; 
3. Likvidlikni boshqarish bo‗yicha hisobotlar: 
• jamg‗arish holati bo‗yicha hisobot; 
• aktivlarni undirish grafigi; 
• mablag‗ manbalari va yo‗nalishi bo‗yicha ma‘lumotlar; 
• likvidli aktivlar tarkibi va mablag‗lar manbalarining beqarorlik darajasi tahlili; 
4. Muammoli aktivlar bo‗yicha hisobot: 
• umidsiz kreditlar va boshqa ishlamayotgan aktivlar bo‗yicha hisobot; 
• hisobdan chiqarish uchun muddati o‗tgan kreditlarga tashkil etilgan zaxiralar 
bo‗yicha ma‘lumot; 
• kreditlar va boshqa aktivlarni hisobdan chiqarish bo‗yicha hisobot; 
5. Iqtisodiy hisobotlar: 
• inflyatsiya tahlili; 
6. Foiz stavkalari bo‗yicha hisobot: 
• fondlar qiymati tahlili; 
• joriy bank foiz stavkalari dinamikasi; 
• asosiy rakobatchilar foiz stavkalari to‗g‗risida ma‘lumot va boshqalar. 
Tijorat 
banklarining 
aktivlarini 
boshqarishda 
rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlarning bank amaliyotida, tijorat ssudalari nazariyasidan hamda 
kutilayotgan daromad nazariyasi ham keng ko‗lamda foydalaniladi. 
Tijorat ssudalari nazariyasiga ko‗ra, bankning kreditlash jarayonini tovarning 
ishlab chiqaruvchidan iste‘molchga tomon harakatlanish bosqichlariga bog‗liq 
ravishda tashkil qilish lozim. Ushbu nazariya mualliflarining fikriga ko‗ra, tijorat 
banki resurslarining asosiy qismini qisqa muddatli ssudalarga joylashtirishi lozim, 
resurslarni qo‗zg‗almas mulk obyektlariga va qimmatli qog‗ozlarga joylashtirish 
banklarning likvidliliigga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Kutilayotgan daromad nazariyasiga ko‗ra, tijorat banklari mijozlarining pul 
tushumlarining kelib tushish davriga mos ravishda kreditlarning qoplash muddatini 
belgilash zarur. Ushbu nazariyaga ko‗ra, mijozlarning yangi kreditlarga bo‗lgan 
ehtiyojini boshqa banklardan kredit olish yo‗li bilan yoki bankning portfelidagi 
qimmatli qog‗ozlarni sotish yo‗li bilan qoplash lozim. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling