Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Tijorat banklarida passivlarni boshqarishning bank faoliyatidagi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6.2.Tijorat banklarida passivlarni boshqarishning bank faoliyatidagi
ahamiyati Passivlarni boshqarish kredit faoliyatini ushlab turish uchun muhim vosita bo‗lib hisoblanadi. U bankirlardan bankning moliyaviy ta‘minlanganligini mustahkamlash uchun bozor bilan o‗zaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida murakkab, jiddiy ishni talab qiladi. Passivlarni boshqarish bank mablag‗larini shakllantirish usuli sifatida foiz tebranishlariga nisbatan juda sezgirdir. Agar foiz stavkalari ko‗tarilsa-yu, biroq bank bu kabi yuqori stavkalar bo‗yicha to‗lov to‗lashni istamasa, unda qisqa muddatli sarmoyalar bozoridan jalb qilinadigan mablag‗lar qisqa vaqt ichida sotib yuboriladi. Chunki kreditlar bozorda foiz stavkalarining o‗zgarishlariga juda sezgirlik bilan javob beradilar. Passivlarni boshqarish usullari sezgirlikka (egiluvchanlikka) ega, bank o‗ziga qancha va qanday muddatga qo‗shimcha mablag‗lar kerakligini aniq belgilab olishi va bu talablarning barchasini qondira oladigan manbani topishi mumkin. Bank oladigan o‗z mablag‗larini shakllantirish uchun depozitlarni sotganda ish boshqacha bo‗ladi. Unda qo‗yilmalar miqdori qancha bo‗lishi va u bank ixtiyorida qancha turishini omonatchi hal qiladi. O‗sib borayotgan kredit qo‗yilmalarini yoki resurs tanqisligini qoplash uchun qo‗shimcha mablag‗larga ehtiyoj sezayotgan bank, passivlarni boshqarishda taklif etilayotgan stavkalarni oshirishi mumkin. Buning uchun u kreditorlardan olgan zaruriy mablag‗larga ega bo‗lsa kifoya, qarzga bo‗lgan talabning pasayishi va naqd pul zahiralarining ortiqchaligi bilan to‗qnashgan banklar bozordagi o‗zlarining qisqa muddatli qarzlari hajmini kamaytirish uchun taklif etilayotgan stavkani kamaytirishlari mumkin. Aktivlarni boshqarish nazariyasi quyidagi uslubiy qoidaga asoslanadi: Birinchidan, tijorat bank mablag‗larini qisqa muddatli ssudalarga berganda uning likvidliligi saqlanadi. Bu qoida ba‘zi G‗arb davlatlari qonunlarida o‗z aksini topsada, amaliyotda esa u «ikkinchi darajali zaxiralar» nomini olgan. Ikkinchidan, agar kreditni to‗lash grafigi uchun mijozning kelgusi davrda oladigan daromadlarning tushish grafigi asos qilib olinsa, u holda bank likvidligini rejalashtirish mumkin. Demak, bank likvidligiga kredit va investisiyalarning to‗lash muddatini o‗zgartirish orqali ta‘sir etish mumkin. Amaliyotda bu qoida investisiya 80 portfelini pog‗onali boshqarishda o‗z aksini topadi. Xulosa qilib aytganda, tijorat banklari aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish aktivlarning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishini, aktiv operatsiyalarning diversifikatsiya darajasini, xatarli aktivlarning hajmini, muammoli va sifatsiz aktivlarni, aktivlarning o‗zgaruvchanlik sifatlarining oqilona darajasini ta‘minlashni o‗zida mujassamlashtiradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling