Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   131
 
 


84 
Mablag„lar Likvidlilik- 
manbasi daromadlilik 
(“likvidlilik- markazlari” orka- 
daromadlilik li mablaglaglar- 
markazlari”) ni joylashtirish 
Depozitlar 
Kassali aktivlar
Olingan kreditlar 
Vakillik 
hisobvarag‗idagi 
mablag‗lar 
Emissiya qilingan 
qarz qimmatli 
qog‗ozlar 
Qimmatli 
qog‗ozlar 
Bank
kapitali
Ssudalar 
Asosiy vositalar 
 
24-rasm. Aktivlarni taqsimlash modeli yordamidaaktiv va passivlarni 
boshqarish. 
 
Likvidlilikni boshqarish o‗rganilayotganda bu kategoriya aktiv va passivlarni 
boshqarishning tarkibiy qismi ekanligini esda tutmoqlik kerak. Aktiv va 
passivlarni boshqarishdan asosiy maqsad riskning minimal darajasini ta‘minlagan 
holda foiz tushumlarini va foiz to‗lovlari o‗rtasidagi farqni maksimallashtirish 
yoki xech bo‗lmasa barqaror darajada saqlashdan iboratdir. Bu maqsadga 
erishishning muhim sharti depozit potensialini oshishini aktiv operatsiyalari 
kengayishiga bog‗liqligi ustidan nazorat o‗rnatishdir. Halqaro bank amaliyotida 
banklarning aktiv va passivlarini boshqarishning amaliy jihatdan bir qancha 
metodlar ishlab chiqilgan. Jahon amaliyotida eng keng tarqalgan quyidagi ikki 
metod aktiv va passivlarni boshqarishda shug‗ullaniladi: 
1. Birlashgan (yagona) manba metodi: 
2. Taqsimlangan manbalar metodi (konvertatsiya): 


85 
Birlashgan manba metodining mazmuni uning nomidan ham anglashiladi. 
Bunda jalb qilingan va o‗z mablag‗lari turli aktivlarga joylashtiriladi. Birlashgan 
manba metodida banklarning jalb qilingan mablag‗lari bank kassassiga yoki bankning 
vakillik hisobvarag‗iga yig‗iladi va ushbu yig‗ilgan mablag‗lar hisobidan aktiv 
operatsiyalar amalga oshiriladi. Quyidagi keltirilgan rasmda banklarda aktiv va 
passivlarni boshqarishning birlashgan manba metodi aks ettirilgan. 
Tijorat banklarida shuningdek, jalb qilingan mablag‗lar to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
aktivlarga joylashtirilishi mumkin. Jalb qilingan ma‘lum muddatga jalb qilinadi va 
ushbu muddat va summaga mos aktiv operatsiyalarga yo‗naltiriladi. Ushbu usul 
texnik jihatdan murakkab va riskli hisoblanadi. Quyidagi rasmda aktivlar va 
passivlarni boshqarishning taqsimlash metodiga muvofiq boshqarish tartibi 
keltirilgan. 
Mazkur metodga muvofiq bankning jalb qilingan yoki o‗z resurslari 
bo‗limidan qat‘iy nazar barcha resurslar aktiv operatsiyalarga mudatti va 
summasiga muvofiq joylashtiriladi. Taqsimlangan manbalar metodi fondlar 
manbalarini bo‗linishga asoslanadi. Bu metodni qo‗llashda aktivlarni 
ishlatishning belgilangan yo‗nalishlari belgilangan manbalar bilan bog‗lanadi 
va bunda ularning mos holda likvidlilik va foydaliligi hisobga olinadi. 
Aktiv va passivlarni boshqarish texnikasining taraqqiyoti, bir vaqtning 
o‗zida risklarning ortishi va fondlarni o‗zgaruvchanligi manbalarning 
bo‗linganligi metodikasini ustun qilib qo‗yadi. Masalan, agar bank fondlari 
asosan qisqa muddatli, doimiy bo‗lmagan majburiyatlardan iborat bo‗lsa, 
demak mablag‗larning asosiy qismi qisqa muddatli kreditlar va qimmatli 
qog‗ozlarga joylashtirilishi kerak. Aksincha bank o‗z fondlarini uzoq, muddatli 
manbalar hisobiga shakllantirgan bo‗lsa, ma‘lum bir risk bilan manbalarni 
uzoq muddatli kreditlarga joylashtirish yoki loyihalarni moliyalashtirishga 
yo‗naltirishi mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling