Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
-rasm. Banklarda aktiv va passivlarni boshqarish tuzilishi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
25-rasm. Banklarda aktiv va passivlarni boshqarish tuzilishi
Tijorat banklarining passivlarini boshqarishda, xalqaro bank amaliyotida, «Bank passivlarini boshqarish» nazariyasidan keng foydalaniladi. Mazkur nazariyada asosiy e‘tibor tijorat banklarining depozit bazasini yaxshilashga qaratiladi. Tijorat banklarining depozit bazasi o‗zining tarkibiga transaksion depozitlarni, muddatli depozitlarni va jamg‗arma depozitlarini oladi. Tijorat banklari depozit bazasining sifatini tavsiflovchi muhim ko‗rsatkichlardan biri transaksion depozitlarning salmog‗i ko‗rsatkichi hisoblanadi. Ushbu ko‗rsatkichni hisoblash uchun transaksion depozitlarning so‗mmasi depozitlarning umumiy so‗mmasiga bo‗linadi va olingan Ijro Strategiyalarni ishlab chiqish Tahlil Tashqi ma‘lumot larni yig‗ish Ichki ma‘lumotlarni yig‗ish Passivlar bo‗yicha baho siyosati Disbalanslarni boshqarish Likvidlilikni boshqarish Valyuta almashuvini boshqarish Aktivlar bo‗yicha baho siyosati 87 natija 100 foizga ko‗paytiriladi. Jahon Tiklash va Taraqqiyot banki ekspertlarining fikriga ko‗ra, bu ko‗rsatkichning maksimal darajasi 30 foizni tashkil etishi lozim. Agar bu ko‗rsatkichning natijasi 30 foizdan oshsa, u holda bankning resurs bazasining holati yomonlashayotgan hisoblanadi. Passivlarni boshqarish strategiyasi yuqori sinfli qarzlarga bo‗lgan talabni qoniqtirish va resurs talablarini bajarish uchun boshqa moliya muassasalaridan fondlarni sotib olishdan iboratdir. Bank buning uchun zarur bo‗lgan mablag‗larni turli usullar bilan topishi mumkin, jumladan: mahalliy yoki xorijiy fond bozorlaridan qarz olish yo‗li bilan; mijozlarga qo‗ldan-qo‗lga o‗tib yuruvchi depozit sertifikatlarini sotish yo‗li bilan; mintaqaviy davlat zaxira bankidan qarz olish yo‗li bilan; vaqtincha ortiqcha mablag‗ga ega bo‗lgan muassasalar yoki xususiy shaxslar bilan qayta sotib olish to‗g‗risida shartnoma tuzish yo‗li bilan; mazkur bank xolding kompaniyasining bir qismi hisoblanadigan shaxobchalar orqali qimmatli kog‗ozlar (veksellar) chiqarish yo‗li bilan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling