Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   131
6.5. Aktivlarni taqsimlash modeli 
 
Tijorat banklarida aktiv va passivlarni mos hajmda va muddatda 
mutanosibligi tamoyili mavjud. Buning nazariy asosi bankning «oltin 
qonuniyat»ida o‗z aksini topgan. «Bankning aktivlari uning majburiyatlari 
bilan muddatda va miqdor jihatdan moc bo‗lishi kerak». Amalda bank aktivlari 
va passivlari tarkibi mos holda xajmi va muddat mutanosibligi to‗la 
ta‘minlanmaydi. Chunki yuz berayotgan moliya va kredit jarayonlari, iqtisodiy 
kon‘yunkturasi bunga to‗sqinlik qiladi. Aynan «oltin qonuniyat» sof holda 
takrorlanmasada bu qoidaga intilish va maqsad qilib strategiya ishlab chiqish 
likvidlilik va to‗lovga qobiliyatlilik muammolarini samarali hal qilishga 
yordam beradi. Shunday qilib aktiv va passiv operatsiyalar tarkibini tahlili 
yordamida kerakli likvidlilik mavqeiga erishish mumkin. Foydalilikni oshirish 
uchun aktiv va operatsiyalar daromadligiga erishish va passivlar bo‗yicha 
xarajatlarni minimallashtirish hamda likvidlilik va to‗lovga qobiliyatlilikni 
optimal nuqtada bank boshqarishning kaliti hisoblanadi. 


86 
Bankni 
samarali 
boshqarilishi 
aktiv 
va 
passivlarni 
boshqarish 
strategiyasini to‗g‗ri belgilanishiga bog‗liq. Hozirgi vaqtda bir qancha banklar 
aktiv va passivlarni boshqarish strategiyasi maxsus qo‗mitalar xulosalariga 
ko‗ra ishlab chikadilar (masalan, aktiv va passivlarni boshqarish qo‗mitasi). 
Bunday qo‗mitalarning foizlarni o‗zgarish riski strategiyasi ishlab chiqishini 
belgilaydi, balki qisqa va uzoq muddatli rejalashtirish, nolikvidlilik riskidan 
himoyalash choralarini ishlab chiqish, berilayotgan kreditlar sifatini nazorat 
qilish, resurslarpi jalb qilish xarajatlarini optimalashtirish bilan ham 
shug‗ullanadi. Aktiv va passivlarni boshqarish qo‗mitasi faoliyati aktiv va 
passivlarni boshqarish strukturasiga asoslanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling