Ko„ngilli eksport cheklashlari (KECh) - tashqi savdo hamkori tomonidan ikkinchi biri bilan kelishilgan holda eksport operatsiyalari hajmini chegaralash.
Lizing - mashina, qurilmalar, texnologiya va ko‘chmas mulkni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun uzoq muddatga ijaraga berish.
Litsenziyalash - davlat tomonidan huquqiy va jismoniy shaxslarga tashqi iqtisodiy operatsiyalar olib borishga ruxsat berish .
Marja - valyuta xaridori va sotuvchisi kurslari o‘rtasidagi farq.
Marjinal (qo„shilgan) foyda - sotish narxi va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indilari orasidagi farq.
Maastrixt shartnomasi - shartnoma 1993 yilning 1 fevralida imzolangan bo‘lib, Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo bo‘lgan 12 davlat o‘rtasidagi kelishuv.
“Marshall plani” - AQSHning davlat kotibi J.X.Marshall tomonidan 1947 yilning 5 iyunida ilgari surildi, AQSH tomonidan Ikkinchi jahon urushida vayron bo‘lgan evropa mamlakatlari xo‘jaligini tiklash va rivojlantirish uchun berilgan iqtisodiy yordamdir. Yevropaning 17 davlati (sobiq SSSR va sotsialistik yo‘lni tanlagan Sharqiy Yevropaning barcha davlatlaridan tashqari) a’zo bo‘lgan edi. Marshall rejasiga ko‘ra 4 yil ichida 14 mlrd. doll. yordam uyushtirildi. Ko‘rsatilgan yordamning 60 %dan ko‘prog‘i Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va G‘arbiy Germaniyaga to‘g‘ri kelgan edi. Bu davlatlar iqtisodiyoti 50-yillardan so‘ng tez rivojlanish davriga qadam qo‘ydi.
“Mauntbettena plani” - ikkinchi jahon urushidan so‘ng o‘z mustamlakachilik ta’sirini saqlab qolishga intilgan ingliz bosqinchilari Hindistonning ikki dominioniga - Hindiston ittifoqi va Pokistonga bo‘lib yuborish to‘g‘risidagi reja bo‘lib, bo‘linishda asosan aholining budda va islom (musulmon) diniga mansubligiga ko‘proq e’tibor berilgan. Unda hududning milliy va xo‘jalik jihatdan butunligi mutlaqo hisobga olinmadi, mavjud bo‘lgan sanoat korxonalarining asosiy qismi Hindiston hududida qolgan bo‘lsa, ularni xomashyo bilan ta’minlovchi rayonlari esa Pokiston hududida qoldi. Bu esa, albatta ikki mamlakatning siyosiy va ijtimoiy- iqtisodiy jihatdan rivojlanishini nihoyatda murakkablashtirib yuborishga olib kelgan edi. Biroq, Buyuk Britaniya parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan —Mauntbettena plani”ni qonun sifatida 1947 yilning 15 avgustida qabul qilib, “Hindiston”ni mustaqil davlat deb e‘lon qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |