Xarid qobiliyati pariteti nazariyasi - valyuta kursi ikki mamlakat pul birliklarining nisbiy qiymati bilan aniqlanadi, u muomaladagi pul miqdoriga bog‘liq. Jumladan, Dj. M. Keynsa tamoyiliga ko‘ra, davlat tomonidan foiz stavkasini manipulyasiya qilib, mamlakatga xorijdan investitsiya oqimlarini quyidagicha o‘zgartiradi: foiz stavkasi kamaytirilsa, tashqi qarzlar hajmi ortadi, foiz stavkasi oshirilsa, aksincha, kamayadi.
Xeksher-Olin-Samuelson tamoyili - mamlakatning eksportga ixtisoslashuvi milliy iqtisodiyotdagi ortiqcha ishlab chiqarish omillarining mavjudligiga asoslangan tamoyildir.
Chek - chek imzolaganning joriy hisobidan muayyan summani berish yoki boshqa hisobga o‘tkazish haqida bankka bergan yozma farmoyishidir.
Sharqiy Afrika bo„yicha iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKEA) - tashkilotga Zambiya, Keniya, Mavritaniya, Molgash Respublikasi, Somali kabi davlatlar a‘zo. 1966 yili BMTning iqtisodiy komissiyalaridan biri sifatida rasman tashkil topdi.
Sharqiy Yevropa uchun rekonstruksiya va taraqqiyot Yevropa banki - Sharqiy Yevropa mamlakatlariga, jumladan Rossiya Federatsiyasiga kredit berish orqali ularning taraqqiyotiga ko‘maklashuvini ko‘zda tutgan Yevropa banki. 1990 yilning yanvarida tashkil topgan. Mazkur bank 12 davlat ishtirokida tuzilgan.
Shimoliy Amerika mamlakatlarining iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (NAFTA) - tashkilot 1989 yilda tashkil topdi. Shimoliy Amerikaning 3 yirik davlatini (AQSH, Kanada, Meksika) birlashtirgan.
EKOVAS - BMTning iqtisodiy komissiyalaridan biri bo‘lib, rasman 1973 yilda tashkil topdi. G‘arbiy Afrikaning 16 davlatini birlashtirgan.
Eksport kvotasi - mamlakat eksporti qiymatining yalpi ichki mahsuloti (YaIM)ga nisbati (foizlarda).
Embargo - alohida mamlakat yoki davlatlar guruhi bilan savdoni butunlayin ta‘qiqlash siyosati.
Do'stlaringiz bilan baham: |