Forfetirlash - bir kompaniyaning tijoriy huquqlarini boshqa kompaniyaga naqd to‘lov bilan ayirboshlashidir.
Franchayzing - bir kompaniyaning boshqa yirikroq yoki bosh kompaniyaning savdo markasi, tovar belgisi va boshqa atributlaridan foydalanishidir.
Fritred (erkin savdo) - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga davlatning eng kam darajada aralashuvi natijasida o‘z faoliyatini erkin ravishda tanlashini nazarda tutuvchi iqtisodiy siyosatdir.
Fyuchers - qatnashchilar tomonidan xatarlarni sug‘urtalash maqsadida kelishilgan kurs bo‘yicha fond birjasida bajariladigan tezkor muddatli valyuta- moliyaviy operatsiyalar tushuniladi.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) - yirik hukumatlararo valyuta-moliyaviy tashkilot bo‘lib, BMTning maxsuslashtirilgan muassasasi sifatida tartibga solish, maslahat berish va moliya-kredit sohasidagi vazifalarni bajaradi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - mamlakatlar va hududlar o‘rtasidagi, xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar ishtirokidagi xo‘jalik aloqalari tizimidagi munosabatlar tushuniladi.
Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi - ishlab chiqarish bosqichlarining o‘zaro bir-birini to‘ldirishi va ularni muvofiqlashtirish maqsadida milliy iqtisodiy komplekslarning hamkorlik qilishidir.
Xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi - mamlakatlar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti ko‘rinishi bo‘lib, unda o‘zlarining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha bir turdagi mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi milliy ishlab chiqarishlarning tabaqalanishi yuz beradi.
Xalqaro kredit - valyuta va tovar resurslarini qaytarishlik, shoshilinch to‘lov shartlarida berishlikdir.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) - XTTBning shohobchasi sifatida 1956 yilda tashkil topdi, unga 165 mamlakat a‘zo (1995 y.). Maqsadi: rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash, korxonalarni kapital qo‘yilmalar yordamida moliyalashtirish, ishalb chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan xususiy investitsiyalarni rag‘batlantirish, iqtisodiyotni boshqarishga yordam berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |