To„lov balansi - mamlakatning barcha rezidentlarining qolgan barcha mamlakatlar bilan ma‘lum vaqt oralig‘idagi (odatda bir yil) iqtisodiy bitimlari natijalarini sistemalashtirilgan holda qayd etilishidir.
To„lov balansining asosiy moddalari - tovar va xizmatlarda eksport-import, xorijiy investistiya kapitali harakatini o‘z ichiga oladi.
To„lov balansining balanslovchi moddalari - valyuta zahiralarining harakati, qisqa muddatli aktivlar hajmining o‘zgarishi, davlat qarzlari va kreditlari, ikki tomonlama bitimlar hamda xalqaro tashkilotlar liniyasi bo‘yicha moliyaviy yordamlarni aks ettiradi.
Umumjahon banki - o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq beshta institutdan tarkib topgan ko‘p tomonlama kredit beruvchi tashkilotdir.
Umumiy bozor - ishlab chiqarish omillarini milliy chegaralar orqali erkin ko‘chib o‘tishini ta’minlanlovchi iqtisodiy integratsion ko‘rinish.
UST - Umumjahon savdo tashkiloti - xalqaro savdoni institutsional va huquqiy asosini tashkil etuvchi musaqil davlatlararo tashkilot.
Faktoring - bank yoki faktor-kompaniyalarning mahsulot yetkazib beruvchi va xaridor o‘rtasidagi hisob-kitoblar bo‘yicha moliyaviy talabini, ya’ni qarzni keyinchalik xaridordan undirib olish yo‘li bilan to‘lash vositasidagi jami vositachi lik operatsiyalar tushuniladi.
FAO - BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkiloti, 1945 yilning 16 oktyabrida tashkil topdi. Hozirgi kunda bu tashkilotga rasman 160ga yaqin davlat a‘zodir.
Fiksing - bu har bir valyutaga talab va taklif hajmini navbatma-navbat solishtirish orqali valyutalarning banklararo kursini aniqlash va qayd etish jarayonidir.
Forvard - bitim imzolangandan keyin ikki kun ichida qatnashchilar tomonidan xatarlarni sug‘urtalash maqsadida kelishilgan kurs bo‘yicha olib borilgan banklararo valyuta-moliyaviy operatsiyalar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |