Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


 Dividend siyosatini ishlab chiqish bosqichlari


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

5. Dividend siyosatini ishlab chiqish bosqichlari 
Aksiyadorlik jamiyatlarining dividend siyosati aksiyadorlar 
farovonligini oshirish va jamiyat kapitallashuvining o‘sishini ta’min-
lashga qaratilgan. Dividend siyosati aksiyadorlar va boshqa 
manfaatdor shaxslarni xabardor qilish maqsadidan iborat. Dividend 
siyosati jamiyat Kuzatuv Kengashining aksiyalar bo‘yicha dividendlar 
miqdori va ularni to‘lash tartibi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga 
yondashuvini aniqlash uchun mo‘ljallangan. 
Agar jamiyat aksiyadorlariga dividendlar to‘lash bilan bog‘liq har 
qanday masalalar “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning 
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi 
qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlari, jamiyat ustavi va nizom normalari bilan tartibga solinmagan 


68 
bo‘lsa, ular aksiyadorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash 
zaruratidan kelib chiqqan holda hal qilinishi kerak. 
Aksiyadorlik jamiyatlari jamiyat aksiyalaridan daromad olish 
bo‘yicha aksiyadorlarning mulkiy manfaatlarini qondirishning asosiy 
usuli sifatida kapitallashuvning o‘sishini ko‘rib chiqadi. Dividend
siyosati aksiyalarning bozor qiymatini oshirish maqsadida jamiyat 
tomonidan olingan daromadlarning iste’mol qilinadigan va kapital-
lashgan qismlari o‘rtasidagi nisbatlarni optimallashtirishdan iborat. 
Aksiyadorlik jamiyatlarining dividend siyosati quyidagi asosiy 
tamoyillarga asoslanadi
35


dividendlar siyosatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan 
tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi, shu jumladan dividendlar 
miqdorini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi va shartlari 
to‘g‘risidagi axborotni aniqlash va oshkor qilishni nazarda tutadigan 
shaffoflik tamoyili; 

o‘z vaqtida bo‘lish tamoyili dividendlarni to‘lashda vaqt 
chegaralarini belgilashni nazarda tutadi; 

asoslanganlik tamoyili - jamiyatning haqiqiy moliyaviy ahvo-
lidan kelib chiqqan holda rivojlanish rejalari va uning investitsiya 
dasturlarini hisobga olgan holda, dividendlarni hisoblash va to‘lash 
to‘g‘risidagi qaror faqat jamiyat tomonidan ijobiy moliyaviy natijaga 
erishgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin; 

adolatlik tamoyili, aksiyadorlarning dividendlarni to‘lash 
bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlar, miqdor va tartibda axborot 
olishga bo‘lgan teng huquqlarini ta’minlashni nazarda tutadi; 

ketma-ketlik tamoyili dividend siyosatining tartib-qoidalari va 
tamoyillarini qat’iy bajarilishini nazarda tutadi; 

rivojlanish tamoyili korporativ boshqaruv tartib-taomillarini 
takomillashtirish doirasida dividend siyosatini doimiy takomil-
lashtirishni va jamiyatning strategik maqsadlari o‘zgarishi munosabati 
bilan uning qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni nazarda tutadi; 

barqarorlik tamoyili jamiyatning barqaror dividend to‘lovlarini 
ta’minlash istagini anglatadi. 
35
O‘zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya 
qilish to‘g‘risida" gi qonuni. 06.05.2014 y. 


69 
O‘zbekiston Respublikasida dividend siyosatini amalga oshirish 
tartib-taomili bosqichlarining mazmuni quyidagicha: 
1-bosqich kompaniyaning investitsion imkoniyatlarini aniqlash, 
korxonaning to‘lov qobiliyati darajasini baholash, raqobatchi kompa-
niyalarning dividend to‘lovlari darajasi va boshqalar. 
2-bosqich. Kompaniya tomonidan dividend siyosati turini tanlash.
3-bosqich. Tanlangan dividend siyosatiga muvofiq foyda 
taqsimotini amalga oshirish. 
4-bosqich. Dividend to‘lovlari va bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan 
dividend miqdorini aniqlash. 
5-bosqich. Dividend to‘lovlari shaklini aniqlash: pul ko‘rinishidagi 
dividendlar, aksiyalar va boshqa mol-mulk ko‘rnishidagi dividendlar, 
o‘z aksiyalarini sotib olish. 
6-bosqich. Kompaniyaning bozor faoliyati ko‘rsatkichlari asosida 
dividend siyosatini tahlil qilish: aksiyalar uchun sof foyda, dividendlar 
to‘lash koeffitsiyenti, aksiyalarning dividend rentabelligi va boshqalar. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling