Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Ishlab chiqarishni rivojlantirish siyosati
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
3. Ishlab chiqarishni rivojlantirish siyosati
Aksiyadorlik jamiyatlari dividend siyosatini ishlab chiqishda albatta o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda aksiyador- larning manfaatlarini ko‘zlashi kerak. Aksiyadorlik jamiyatining dividend siyosati uning sof foydasidan foydalanish bilan bog‘liq moliyaviy siyosatning muhim qismidir. Jamiyat aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lash yoki ishlab chiqarishni kengaytirish va ushbu to‘lovlarni amalga oshirish uchun aniq daromadni sarflashga qaror qiladi. Bunday tavsiyalarning haqiqiyligi uchun ijroiya direktori jamiyat rahbariyatiga javob beradi. Aksiyadorlik kompaniyasi ikki yo‘nalishda sof foyda foydalanish huquqiga ega. Aksiyadorlik jamiyatlarining dividend siyosati bo‘yicha asosiy muammo dividendlarni to‘lash yoki to‘lamaslik masalasini hal qilishdir. Dividend siyosati va ishlab chiqarishni rivojlantirish siyosati 33 O‘zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" gi qonuni. 06.05.2014 y. 64 muammolari korxona tasarrufida qolgan sof foyda miqdoriga bog‘liqdir. Sof foyda biznesning, jumladan, investitsiya faoliyatining moliyaviy manbai bo‘lib hisoblanadi. Sof foydani taqsimlash tartibi ta’sis hujjatlari yoki ta’sis organining qarorlari bilan belgilanadi. Sof foyda qisman aksiyadorlarga dividendlar to‘lash uchun sarflanadi. Oddiy aksiyalar bo‘yicha to‘langan dividendlar stavkasi doimo aksiyadorlik jamiyati faoliyatining moliyaviy natijalariga va dividend siyosatiga qarab o‘zgarib turadi. Moliyaviy mablag‘larini investitsiya qilgan aksiyadorlar dividendlardan olinadigan hamda ularni qoniqtiradigan pul miqdorini olish bilan birgalikda, investitsiya mablag‘lari bo‘yicha o‘z daromadlarini maksimallashtirish nuqtayi nazaridan ishlab chiqarishni rivojlantirilishidan ham manfaatdordir 34 . Foyda taqsimotining dividendlarga va iqtisodiy rivojlanishga ko‘ra optimal nisbatlarini topish quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi. Bular: bir tomondan, foydani ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirish zaruriyati; boshqa tomondan, aksiyadorlarning daromadlarni maksimal darajada oshirish istagi. Aksiyador aksiyalarning bir qismini sotishi va olingan mablag‘larni boshqa korxonalarning aksiyalariga investitsiyalash orqali o‘z daromadlarini mustaqil ravishda tartibga solish imkoniyatiga ega. Agar taqsimlanmagan foyda soliqqa tortilmasa, uni ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun qayta ishlatish yanada foydali bo‘ladi. Korxona bunday sharoitda passiv dividend siyosatini amalga oshirishi va ishlab chiqarishni rivojlantirishga ko‘proq mablag‘ yo‘naltirishi mumkin. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling