Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- © «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021. 3 KIRISH
UO‘K: 347.72.035
KBK 67.402 Taqrizchilar: R. Kayumov – O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolarini tadqiq etish markazi bo‘lim boshlig‘i, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent; B.Urinov – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. ISBN 978-9943-7396-9-7 © «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021. 3 KIRISH Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi davrida mamlakatimizda korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda va bu borada qator islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “ Xalqaro tajribani o‘rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo‘lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo‘l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to‘g‘risidagi qonunlarni yangilash hamda iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi” 1 . Mamlakat raqobatbardoshligi darajasini uning milliy kompani- yalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, korxonalar, tar- moqlar raqobatbardoshligini ta’minlab beradi, bu esa o‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyalashtirish manbalari uchun raqobatini kuchayishiga olib keladi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoli- yatini samarali tashkil etish maqsadida mamlakat miqyosida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda ular faoliyatining asosiy mezonlaridan biri bo‘lgan dividend siyosati muhim ahamiyatga ega. Korporativ boshqaruvning sifat darajasi kompaniyaga sarmoya ki- ritish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sir qiladi, bu uning kapitallashuvini o‘ziga xos xususiyatidir. Korporativ boshqaruvning muhim elementi sifatida kompaniya bozor qiymatini maksimal darajada oshirishni o‘z ichiga olgan dividend siyosati hisoblanadi. Dividend siyosati kompaniyalar moliyaviy strategiyasining ajral- mas qismi bo‘lib, uni tanlash juda murakkab jarayondir. Chunki divi- dend siyosatining eng muhim vazifalaridan biri kompaniya rivojlanishi uchun yetarli darajadagi moliyalashtirish zaruriyati bilan aksiyadorlar manfaatlarining optimal kombinatsiyasini ta’minlash hisoblanadi. Dividend to‘lovlari kompaniyalar ixtiyoridagi moliyaviy vosita- lardan biri bo‘lib hisoblanadi. Kompaniyalar dividend siyosatining amaldagi holati, uni samarali tashkil etish va o‘rganish masalalari mazkur o‘quv qo‘llanmada bayon qilingan. 1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi //Xalq so'zi, 25.01.2020 y. 4 O‘quv qo‘llanmada dividend siyosatining mohiyati va ahamiyati, kompaniyalar korporativ boshqaruv tizimida dividend siyosatining o‘rni, dividend siyosati nazariyalari, kompaniyaning dividend strate- giyasi, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatini ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Buning barobarida kom- paniyalarning taqsimlanmagan foydasi va dividend to‘lovlarini berish metodikasi, foydani qayta investitsiyalash va dividend siyosati, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarining dividendlar shakldagi daro- madlarini soliqqa tortish hamda korporativ tuzilmalar dividend siyosati ma’lumotlarini oshkor etish bilan bog‘liq mavzular o‘rganilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim ola- yotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, ilmiy xodimlar, aksiyadorlik ja- miyatlari va bank - moliya tashkilotlarining boshqaruv xodimlari, tex- nikum o‘quvchilari hamda shu sohaga qiziquvchilarga mo‘ljallangan. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling