Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

UO‘K: 347.72.035 
KBK 67.402 
Taqrizchilar: 
 
R. Kayumov – O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, raqobatni 
rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolarini tadqiq etish markazi 
bo‘lim boshlig‘i, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent; 
 B.Urinov – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Korporativ 
boshqaruv” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent. 
ISBN 978-9943-7396-9-7 
© «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021. 



KIRISH 
 
Iqtisodiy 
rivojlanishning 
hozirgi 
davrida 
mamlakatimizda 
korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish masalasiga jiddiy e’tibor 
qaratilmoqda va bu borada qator islohotlar amalga oshirilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, 

Xalqaro tajribani o‘rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo‘lgan 
monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo‘l ochish va shu orqali 
raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va 
raqobat to‘g‘risidagi qonunlarni yangilash hamda iqtisodiyotda raqobat 
muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi”
1

Mamlakat raqobatbardoshligi darajasini uning milliy kompani-
yalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, korxonalar, tar-
moqlar raqobatbardoshligini ta’minlab beradi, bu esa o‘z navbatida 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyalashtirish manbalari uchun 
raqobatini kuchayishiga olib keladi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoli-
yatini samarali tashkil etish maqsadida mamlakat miqyosida iqtisodiy 
islohotlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda ular faoliyatining asosiy 
mezonlaridan biri bo‘lgan dividend siyosati muhim ahamiyatga ega.
Korporativ boshqaruvning sifat darajasi kompaniyaga sarmoya ki-
ritish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sir qiladi, bu uning 
kapitallashuvini o‘ziga xos xususiyatidir. Korporativ boshqaruvning 
muhim elementi sifatida kompaniya bozor qiymatini maksimal 
darajada oshirishni o‘z ichiga olgan dividend siyosati hisoblanadi.
Dividend siyosati kompaniyalar moliyaviy strategiyasining ajral-
mas qismi bo‘lib, uni tanlash juda murakkab jarayondir. Chunki divi-
dend siyosatining eng muhim vazifalaridan biri kompaniya rivojlanishi 
uchun yetarli darajadagi moliyalashtirish zaruriyati bilan aksiyadorlar 
manfaatlarining optimal kombinatsiyasini ta’minlash hisoblanadi.
Dividend to‘lovlari kompaniyalar ixtiyoridagi moliyaviy vosita-
lardan biri bo‘lib hisoblanadi. Kompaniyalar dividend siyosatining 
amaldagi holati, uni samarali tashkil etish va o‘rganish masalalari 
mazkur o‘quv qo‘llanmada bayon qilingan. 
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi 
//Xalq so'zi, 25.01.2020 y. 



O‘quv qo‘llanmada dividend siyosatining mohiyati va ahamiyati
kompaniyalar korporativ boshqaruv tizimida dividend siyosatining 
o‘rni, dividend siyosati nazariyalari, kompaniyaning dividend strate-
giyasi, O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlarida dividend
siyosatini ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Buning barobarida kom-
paniyalarning taqsimlanmagan foydasi va dividend to‘lovlarini berish 
metodikasi, foydani qayta investitsiyalash va dividend siyosati, 
shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarining dividendlar shakldagi daro-
madlarini soliqqa tortish hamda korporativ tuzilmalar dividend siyosati 
ma’lumotlarini oshkor etish bilan bog‘liq mavzular o‘rganilgan. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim ola-
yotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, ilmiy xodimlar, aksiyadorlik ja-
miyatlari va bank - moliya tashkilotlarining boshqaruv xodimlari, tex-
nikum o‘quvchilari hamda shu sohaga qiziquvchilarga mo‘ljallangan. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling