Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
O‘zbekiston Respublikasi korporativ tuzilmalarning dividend
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
4. O‘zbekiston Respublikasi korporativ tuzilmalarning dividend
siyosati tendensiyasining tahlili O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlarining dividend siyosatini belgilashda asosan, rivojlanayotgan mamlakatlarga xos bo‘l- gan siyosat tanlanilayotganligini ko‘rish mumkin. Ma’lumki, endigina rivojlanib borayotgan bozorlarida investorlar asosan to‘lanadigan divi- dendlar miqdoriga emas, balki kompaniya kapitallashuvining o‘sish istiqbollariga yo‘naltirilgan siyosatni ma’qul ko‘rishadi. Aksiyalarga to‘lanadigan dividendlar miqdori o‘z navbatida, rivojlangan bozorlarda kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari qiymatida kamroq o‘zgarishlarga ega bo‘lgan sharoitlarda muhim ahamiyatga 27 ega. O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalari tomonidan dividendlarga yo‘naltiriladigan sof foydaning ulushi asta-sekin o‘sib bormoqda, ammo dividend rentabelligi pastligicha qolmoqda. Aksiyadorlik jamiyatlarining katta qismi dividendlarni tartibsiz ravishda to‘laydi. Kompaniyalarning dividend to‘lovlari korporat- siyada mavjud bo‘lgan bo‘sh pul mablag‘larining mavjudligiga bog‘liq. Iqtisodiyotda tabiiy boyliklar ishlab chiqaruvchi yirik aksiyadorlik jamiyatlari daromadlari butun iqtisodiyotdagi daromad- larning qaryib 70-80 foizini tashkil etadi. Bir qator emitentlar esa o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydalaridan dividend to‘lovlari amaliyotini davom ettirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlarining zamonaviy dividend siyosatida quyidagi tendensiyalarni ko‘rsatish mumkin 17 : 1. To‘langan dividendlar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish. IPO ga tayyorgarlik bilan shug‘ullanadigan yirik kompaniyalar va strategik xorijiy sarmoyadorlarga ega kompaniyalar uchun dividend siyosati muvaffaqiyatli rivojlanish uchun zarur shartdir. O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarning yillik yig‘ilishi o‘tkazilgandan so‘ng yiliga bir marta dividendlar to‘lashga moyil. Biroq, ayrim kompaniyalar har olti oyda yoki har chorakda dividendlar to‘laydilar. 2. Qimmatli qog‘ozlarning dividend rentabelligi past, bu rivojlanayotgan bozorlarga xosdir. Biroq, bir qator xom-ashyo kompaniyalari yuqori rentabellikni namoyish etmoqda. Misol uchun, “Bekobod sement”, “Kvars” va boshqalar. Shunday qilib, qarz yuki tufayli ba’zi aksiyadorlik jamiyatlari dividendlarining bir qismini qarz qaytarishga yo‘naltirganligi sababli ham dividend siyosatini o‘zgartirmoqda. 3. Kompaniyaning asosiy aksiyadori foydasiga mablag‘larni qayta taqsimlash uchun dividend to‘lovlaridan foydalanish amaliyotini yoyilishi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu mulkning yuqori konsentratsiyasi natijasida yuzaga keladi. Dividendlar miqdori bozor nuqtayi nazaridan emas, balki asosiy aksiyadorning moliya- lashtirishdagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi, minoritar aksiyadorlar ham o‘z navbatida manfaatdor bo‘lib qoladi. 17 Karlibayeva R.X., Temirov A.A. Korxona raqobatbardoshligini baholash. O‘quv qo‘llanma. – T.:Iqtisodiyot, 2019. -158 b. 28 4. Kompaniyaning ichki normativ hujjatlarida dividend siyosatini rasmiylashtirish amaliyotini tarqatish. Ushbu hujjatlarda dividendlarni to‘lashga yo‘naltirilgan sof foydaning eng kam ulushi nazarda tutilgan. Maxsus dividend siyosati hujjatini qabul qilish kompaniya faoliyatining prognoz qilish imkoniyatini oshiradi va uni investorlar uchun yanada qulay va jozibador qiladi, shuning sababli ham u korporativ boshqaruv amaliyotini yaxshilaydi. Shunday qilib, dividendlar miqdori kompaniyaning rentabelligiga bog‘liqligi muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlarining dividend to‘lovlari beqaror bo‘lib qolmoqda va u o‘zida korxonalarning moliyaviy holati hamda investitsiya imkoniyatlarini aks ettirmaydi. Konsentratsiyalashgan mulkka ega bo‘lgan kompaniyalarda dividend siyosati atrof-muhitning noaniqligi, mulk huquqlarini zaif himoya qilish va rivojlanmagan institutlar ta’siri ostida shakllangan aksariyat aksiyadorlarga bog‘liq. Do‘stona dividend siyosatini olib boradigan yangi kompaniyalarning paydo bo‘lishi potensial va haqiqiy investorlar uchun qo‘shimcha ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aksiyadorlarning daromad olish huquqi nuqtayi nazaridan O‘zbekiston Respublikasi korporativ boshqaruv amaliyotini o‘rganishda quyidagi jihatlar tahlil qilinadi 18 : ichki hujjatlarda dividend to‘lovlarini hisoblash tamoyillarini tasdiqlagan dividend siyosati va dividendlarni to‘lashga yo‘naltiri- ladigan sof foydaning eng kam ulushini mavjudligi; oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lash amaliyoti. Kompaniya tomonidan dividendlarni to‘lash amaliyotini baho- lashda dividendlar qancha muddatlarda to‘langanligini va kompa- niyaning e’lon qilingan muddatlarda dividendlarni to‘lash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishini hisobga oladi. Agar ustavda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, kompaniyalar 60 kun ichida dividendlar to‘lashlari shart. Bundan tashqari, kompaniyalar xalqaro amaliyotda odatdagidek, barcha dividendlarni bir vaqtning o‘zida to‘lamaydilar. 18 Karlibayeva R.X., Temirov A.A. Korxona raqobatbardoshligini baholash. O‘quv qo‘llanma. – T.:Iqtisodiyot, 2019. -158 b. 29 Dividendlar buxgalteriya standartlari bo‘yicha hisoblangan sof foydadan to‘lanadi, bu esa BHMS ning ko‘plab kamchiliklari tufayli turli yillarda dividendlar miqdori o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Barqarorlik dividend siyosatining muhim xususiyati hisoblanadi. Barqaror dividend to‘lovlari kompaniyaning rivojlanishini ko‘rsatadi, dividend to‘lovlarining investiyalarga yo‘naltirilishi aksiyalarning bozor qiymatini o‘zgarishi sababidan spekulyativ daromadlarning kamaytishiga olib kelishi mumkin. Standart & Roor’s agentligining korporativ boshqaruv reyting xizmati bahosiga ko‘ra, dividend siyosati O‘zbekiston Respublikasida korporativ boshqaruvning zaif sohasi hisoblanadi. Axborotni o‘z vaqtida oshkor qilish korporativ boshqaruv sama- radorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi, investorlarga uning amaliyoti va investitsiya risklarini ishonchli baholash imkonini beradi. Dividend tarixi O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruvining dividend siyosati sohasidagi ilg‘or amaliyotini joriy etish aksiyadorlarning kapitalga daromad olishda iqtisodiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling