Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


 Kompaniya va uning aksiyadorlari manfaatlari balansi


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
2. Kompaniya va uning aksiyadorlari manfaatlari balansi 
Samarali korporativ boshqaruvning ajralmas qismi sifatida qabul 
qilingan dividend siyosati hisoblanadi. Dividend siyosati kompa-
niyaning aksiyadorlarga sof foydaning ma’lum bir qismini to‘lash 
majburiyatini nazarda tutadi. Bu esa dividend miqdorini, dividend
to‘lovlarini moliyalashtirish manbasini, dividendlarni to‘lash shakl-
larini tanlashni o‘z ichiga oladi. Dividendlarni to‘lash masalalari 
fuqarolik kodeksi, aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun va 
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Dividend
siyosatini ishlab chiqishda kompaniyalar korporativ kodeksga amal 
qilishlari kerak bo‘ladi. 
Kompaniyaning daromadlarining qaysi qismini dividendlar 
shaklida aksiyadorlarga to‘lash kerakligi haqida qaror qabul qilishda 
e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan bir qancha asosiy omillar mavjud. 
Dividend siyosati kompaniya aksiyadorlarining boyligini maksimal 
darajada oshirish masalasini umumiy moliyaviy vazifasi asosida ko‘rib 
chiqiladi. Bu shuni anglatadiki, har qanday dividend to‘lash 


23 
to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar farovonligiga yo‘naltirilgan bo‘lishi 
kerak. Quyidagi rasmda dividend siyosatining aksiyadorlar farovon-
ligiga ta’siri keltirilgan. 
 
 
 
2-rasm. Kompaniyaning dividend siyosatining aksiyadorlar 
farovonligiga ta’siri
13

Bu holat esa har doim daromaddan maksimal darajada dividend-
larni 
to‘lashni 
anglatmaydi, 
chunki 
kompaniya 
faoliyatida 
dividendlardan qayta investitsiyalash bo‘yicha foydalanish aksiyador-
larga yanada foydali bo‘lishi mumkin.
O‘z aksiyalarini birja saytlariga joylashtiradigan kompaniyalar 
uchun ham dividend siyosati ham katta ahamiyatga ega. Bunday 
holda, siyosat potensial aksiyadorlarga qanday foyda va qanday qilib 
hamda qaysi tartibda erishish mumkinligi haqida xabar beradi. 
Shunday qilib, dividend siyosatini ishlab chiqish direktorlar kengashi 
uchun ham muhim vazifa bo‘lib, umuman ijroiya organi hamda moliya 
boshqaruvchisi, xususan, uning maslahatlashuvida muhim rol 
o‘ynaydi.
Kompaniyaning o‘z aksiyadorlariga dividendlarni pul ko‘rinishida 
to‘lashi mumkin bo‘lgan ikkita asosiy kanali mavjud. Bular barcha 
dividendlarni pul ko‘rinishida to‘lash va aksiyalarni sotish orqali 
amalga oshirishidir. 
Aksiyalarni sotib olish turli shakllarda, masalan, auksion orqali
ochiq bozorda aksiyalarni sotib olish yoki shartnoma bahosida katta 
mulkdordan sotib olish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. 
13
Ma'lumotlar asosida muallif ishlanmasi. 
Dividend siyosati 
Kompaniyaning umumiy moliyaviy vazifalari 
Aksiyadorlar farovonligini oshirish 


24 
Aksiyadorlarga pul to‘lashning yanada mashhur usuli dividendlarni 
to‘lashdir. Dividendlarni to‘lash manbai bo‘lib soliqdan keyin 
jamiyatning moliyaviy natijasi - sof foyda hisoblanadi. Uning hajmi 
jamiyatning moliyaviy hisobotlari asosida aniqlanadi. 
Quyidagi rasmda kompaniya dividend siyosatini ishlab chiqish 
bo‘yicha direktorlar kengashining faoliyati keltirilgan. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling