Tovarlarni elektron auksion orqali davlatga qanday sotish mumkin?


Download 15.09 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi15.09 Kb.
#1642600
Bog'liq
Elektron auktsion orqali davlat xaridlarini amalga oshirishning afzalliklari


Tovarlarni elektron auksion orqali davlatga qanday sotish mumkin?
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda barcha turdagi davlat xaridlari batafsil tartibga solinadi. Norma boshlang‘ich narxni tushirish bo‘yicha elektron auksion ishi haqida ma'lumot bergan.

Auktsion qator xususiyatlarga ega.



Birinchidan, unda davlat buyurtmachilari faqat tovar sotib olishlari mumkin. Ishlar va xizmatlarni u yerda xarid qilish taqiqlangan – tadbirkorlik sub'yektlari ularni faqat elektron do‘konda, tanlov va tender bo‘yicha sotishlari mumkin.

Ikkinchidan, auksionda xarid qilinadigan tovarlar standart xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Bunda tovarning texnik, ekspluatatsiya qilinish xususiyatlarini va boshqa xususiyatlarini baholash hamda taqqoslash zarurati mavjud bo‘lmasligi kerak.

Ya'ni buyurtmachining to‘laqonli texnik topshiriq tuzishi talab etilmaydi. Shu bilan birga u auksion predmeti xususiyatlarini (tasnifini) batafsil ta'riflashga haqli.



Uchinchidan, elektron auksion o‘tkazish uchun bitta shartnoma bo‘yicha tovarlarning eng kam qiymati mavjud emas. Demakki, buyurtmachi elektron do‘konda xarid qilish o‘rniga auksion o‘tkazishga haqli.

Auktsionda tovarlarni sotib olishga yillik limit mavjud emasligi bois ushbu holatni hisobga olish muhim. Elektron do‘konda byudjyet va korporativ buyurtmachilar uchun uni 2 500 EKIH miqdorida (e'lon qilish paytida – 430 mln 600 ming so‘m) belgilangan. Shuning uchun yirik buyurtmachilar elektron do‘konda ko‘zda tutilmagan shoshilinch xaridlarni amalga oshirish imkoniyatini saqlab qolish uchun ushbu limitni sarflamaslikka harakat qilishlari ehtimoli katta.



To‘rtinchidan, auksionda quyidagi qiymatdagi tovarlarni xarid qilish taqiqlanadi:
• 2,5 ming EKIH va undan ortiq – byudjyet buyurtmachilari uchun;
• 5 ming EKIH va undan ortiq – korporativ buyurtmachilar uchun.

Beshinchidan, auksion faqat elektron formatda Davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portalida o‘tkaziladi. 
Tadbirkorlik sub'yektlarining auksionda ishtiroki elektron raqamli imzoni olish, portalda ro‘yxatdan o‘tish va avans to‘lovlarini amalga oshirish (operator haqi – bitim summasining 0,15%i va zakalat - boshlang‘ich narxning 3%i kiritiladi) bilan boshlanadi.

Portalda byudjyet va korporativ buyurtmachilar tomonidan o‘tkazilayotgan auksionlar uchun 2 ta alohida bo‘lim mavjud. U yerda – ular tamom bo‘lishidan kamida 10 kun avval joylashtirilishi lozim bo‘lgan auksionlar to‘g‘risida e'lonlar. E'lonlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

• davlat buyurtmachisining nomi va manzili;
• auksionning birinchi va oxirgi kuni (auksion o‘tkaziladigan davr);
• auksion predmetining boshlang‘ich narxi;
• auksion predmetining xususiyatlari (auksion predmetining tasnifi);
• auksion predmetini lotlar bo‘yicha bo‘lib chiqish va har bir lotning hajmi;
• tovarlarni yetkazib berish muddatlari va shartlari;
• tovarlar yetkazib beriladigan joy (manzil);
• litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi haqida talab (zarur bo‘lganda);
• tovarning o‘ziga xos xususiy parametrlarini ifodalovchi alohida shartlar.

E'lon matniga auksion predmetiga taalluqli bo‘lmagan va ishtirokchilar o‘rtasida raqobatni cheklaydigan talablarni kiritish taqiqlanadi. E'londagi barcha talablar buyurtmachi va auksion g‘olibi o‘rtasidagi bo‘lg‘usi shartnomaga kiritiladi. Shuning uchun ularni o‘rganib chiqishga katta e'tibor bilan yondashish zarur.

Auktsion boshlang‘ich narxni uning ishtirokchilari (potensial yetkazib beruvchilar) tomonidan qadamma-qadam pasaytirish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Auktsion qadami o‘lchovi – boshlang‘ich narx pasaytiriladigan summa portal operatori tomonidan LBMA bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bu summa zakalat miqdori – 3%dan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Hozir auksion qadami boshlang‘ich narxning 2%ini tashkil etadi.

Portal operatori buyurtmachilarga ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, ishtirokchilarga esa bir-birlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni oshkor etmaydi. Savdo inkognito o‘tkaziladi va xarid qilish tartib-taomilining g‘olibi aniqlangunga qadar ishtirokchilar bir-birini tanimaydi.

Elektron do‘kondan farqli o‘laroq auksionda narxni cheklanmagan miqdorda pasaytirishga ruxsat beriladi. Buni auksion o‘tkazish muddati tugaguncha amalga oshirishga ruxsat beriladi. Agar oxirgi 5 daqiqada taklif kelib tushsa, auksionni o‘tkazish muddati yana 5 daqiqaga uzaytiriladi. Taklif kelib tushishi to‘xtaguncha yoki narx juda arzimas qiymatgacha pasaytirilguncha shunday davom etishi mumkin.

Agar taklif narxi boshlang‘ich narxdan 15%ga past bo‘lsa, ishtirokchining ular o‘rtasidagi farq miqdorida qo‘shimcha zakalat kiritishi talab etiladi. Qo‘shimcha zakalat mavjud bo‘lmasa, taklif avtomatik ravishda rad etiladi.


Auktsion tugagandan keyin uning
g‘olibi – eng past narx taklif qilgan ishtirokchi e'lon qilinadi. U bilan axborot tizimi e'londa ta'riflangan shartlar bo‘yicha namunaviy elektron shartnomani shakllantiradi.

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 35 va 36-moddalariga binoan davlat buyurtmachisi o‘tkazilgan xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan taklifning aktsepti to‘g‘risida 1 ish kuni ichida qaror qabul qiladi. Nazariy jihatdan davlat buyurtmachisi auksion g‘olibi bilan shartnoma tuzishga majbur emas.

Agar auksionda hech kim ishtirok etmagan bo‘lsa yoki 1 nafar ishtirokchi ishtirok etgan bo‘lsa, auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi va g‘olib aniqlanmaydi, buyurtmachi auksionni yana 5 kunga uzaytiradi. Auktsionni uzaytirish avvalgi auksion tamom bo‘lgan paytdan e'tiboran 3 kun ichida buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda buyurtmachi boshlang‘ich narxni, texnik talablarni, xususiyatlarni yoki texnik topshiriqni qayta ko‘rib chiqishga haqli.

Agar qayta auksion “ishtirokchilarning takliflari mavjud emasligi sababli” o‘tkazilmagan deb topilgan bo‘lsa, davlat buyurtmachisi keyinchalik auksionni uzaytirmay, boshqa xarid tartib-taomili – tanlovni o‘tkazishga haqli (“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 52-57-moddalari).

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 48-moddasi ma'nosiga ko‘ra, 1 nafar ishtirokchi taklif bergan taqdirda ham qayta auksion o‘tkazilmagan deb hisoblanadi. Biroq ko‘rib chiqilayotgan Nizomning 44-bandida qayta auksion o‘tkazilmagan deb topilishi uchun asoslar “takliflar mavjud emasligi sababli”gacha toraytirilgan, bu 1 nafar ishtirokchi ishtirok etgan taqdirda auksion o‘tkazilgan deb topilishi mumkin degan noto‘g‘ri xulosaga olib kelishi mumkin.

O‘tkazilmagan auksiondan keyin tanlov quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘tkaziladi:



• “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 46-moddasi bilan auksion uchun belgilangan davlat xaridlarining qiymat mezonlari amal qiladi;
• tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e'lon ishtirokchilarning takliflari qabul qilinadigan muddatning tamom bo‘lish sanasidan kamida o‘n kun oldin davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga joylashtiriladi;
• davlat xaridlarini amalga oshirish uchun kamida 5 kishidan iborat xarid komissiyasi tuziladi.
Download 15.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling