Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
Nazorat savollari
1. Dividendlar nima va ular qanday hisoblanadi? 2. Korporativ tuzilmalarning dividend siyosatini tushuntirib bering. 3. Korporatsiya moliyaviy strategiyasida dividend siyosatining o‘rni nimada? 4. Dividend siyosatining qanday turlari mavjud? 5. Dividend siyosatining maqsadini tushuntiring. 6. Dividend siyosatini shakllantirishning bosqichlari nima va ularning qanday shakllanadi? 7. Dividend siyosatini ishlab chiqishga ta’sir etuvchi omillar guruhini izohlab bering. 8. Dividend to‘lashning qanady usullari bor? 20 2 -BOB. KOMPANIYALARNING KORPORATIV BOSHQARUV TIZIMIDA DIVIDEND SIYOSATI 1. Korporativ boshqaruv tizimida dividend siyosatining roli Korporativ boshqaruvning muhim elementlaridan biri bo‘lib, kompaniyaning bozor qiymatini maksimal darajada oshirish uchun iste’mol qilinadigan va kapitalizatsiyaga yo‘naltiriladigan foyda o‘rtasidagi nisbatlarni optimallashtirishga qaratilgan dividend siyosati hisoblanadi. Ma’lumki, dividend siyosati sof foydani taqsimlash sohasidagi aksiyadorlik jamiyatining siyosatidir, ya’ni aksiya egalari o‘rtasida foydani taqsimlash qonun-qoidalari bo‘lib hisoblanadi. Dividend siyosati direktorlar kengashi tomonidan tuziladi va aksiyadorlar yillik majlisi qaroriga ko‘ra tasdiqlanadi. Kompaniyaning maqsadlariga va joriy hamda prognozli vaziyatga qarab, uning daromadlari qayta investitsiyalanishi, taqsimlangan foyda sifatida hisobdan chiqarilishi yoki dividendlar shaklida to‘lanishi mumkin. Dividend siyosati aksiyadorlik jamiyatlarida foydani taqsimlash bilan bog‘liq jarayondir. Biroq, bu holatda ko‘rib chiqilgan foyda taqsimotining tamoyillari va usullari nafaqat aksiyadorlik jamiyati, balki har qanday tashkiliy - huquqiy shakldagi boshqa korxonalarga ham tegishli hisoblanadi. Shu munosabat bilan, moliyaviy boshqaruv dividend siyosati atamasining kengroq talqinidan foydalanadi, bu esa korxonaning umumiy kapitaliga qo‘shgan o‘z hissasiga muvofiq aksiyadorga to‘lanadigan foyda ulushini shakllantirish mexanizmini anglatadi. Bundan tashqari, dividend siyosati korxonaning umumiy moliyaviy siyosatining ajralmas qismi bo‘lib, u korxonaning bozor qiymatini maksimal darajada oshirish uchun iste’molga yo‘naltiriladigan va reinvestitsiya qilinadigan foyda o‘rtasidagi nisbatni optimallash- tirishdan iborat 11 . Moliyaviy qiyinchiliklar korporativ boshqaruv muammolarida dividend siyosatiga e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatdi. Korporativ boshqaruvning sifat darajasi kompaniyaga sarmoya kiritish imkoniyati 11 Бурков В.Н., Дорохин В.В., Тихомиров Е.Ф. Финансовый менеджмент: Управление финансами предприятия. Учебное пособие. М.: Academia, 2013 21 to‘g‘risida qaror qabul qilishga ta’sir qiladi, bu uning kapitallashu- vining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilish jamiyatning huquqidir, uning amalga oshirilishi birinchi navbatda foydasi mavjud ekanligiga bog‘liq. To‘lov to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan boshlab dividendlar e’lon qilinadi. E’lon qilingan dividendlarni to‘lash esa jamiyatning burchidir. Dividendlarning turli tasniflari mavjud. Dividendlar quyidagi turlariga qarab farqlanadi: to‘lov shakliga ko‘ra; to‘lovlarning davriyligiga ko‘ra; aksiya turi bo‘yicha; dividend miqdorini aniqlash usuliga ko‘ra. Bundan tashqari, quyidagi dividendlar mavjud: kumulyativ dividendlar – imtiyozli aksiyalar bo‘yicha e’lon qilinmagan yoki qisman e’lon qilingan dividendlarni muayyan vaqt davomida to‘plash va to‘lash imkoniyati; ovoz berishda ishtirok etish dividendlari imtiyozli aksiyalar egalarining dividendlari bo‘lib, ular bo‘yicha ustav dividend miqdorini belgilamaydi. Ushbu aksiyadorlar oddiy aksiyalar egalari bilan teng ravishda dividendlar olish huquqiga ega; ruxsat etilgan dividendlar – ustav bilan belgilanadigan dividendlar, masalan, imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatining sobit ulushi; o‘zgaruvchan stavka bo‘yicha dividendlar imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati yoki jamiyatning sof foyda ulushi asosida suzuvchi stavka bo‘yicha to‘lanadigan dividendlar. Dividend siyosatini shakllantirishning eng muhim bosqichi dividendlarni to‘lash shaklini tanlashdir. Bunday shakllarning asosiylari esa quyidagilar 12 : 1. Dividendlarni pul bilan to‘lash. Bu dividend to‘lovlarini amalga oshirishning eng sodda va eng ko‘p tarqalgan shakli bo‘lib hisoblanadi. 12 Бурков В.Н., Дорохин В.В., Тихомиров Е.Ф. Финансовый менеджмент: Управление финансами предприятия. Учебное пособие. М.: Academia, 2013. 22 2. Dividendlarni aksiyalar bilan to‘lash. Ushbu usul aksiyadorlarga dividend to‘lovlari summasiga teng tarzda yangi emissiya qilingan aksiyalarni berishni ko‘zda tutadi. Kapitalning kelgusida yanada oshishidan manfaatdor aksiyadorlar bu usulni qabul qiladilar. Joriy daromadni afzal ko‘radigan aksiyadorlar esa qo‘shimcha aksiyalarini bozorda sotib yuborishlari mumkin. 3. Qayta investitsiyalash. To‘lovning bunday shakli aksiyadorlarga yakka tartibda tanlash huquqini beradi. 4. Aksiyalarning kompaniya tomonidan qayta sotib olinishi. Dividendlarni qayta investitsiyalash shakllaridan biri sifatida qaraladi, unga ko‘ra kompaniya fond bozorida dividend fondi summasiga erkin muomaladagi aksiyalarning bir qismini sotib oladi. Bu foyda miqdorini bitta qolgan aksiyaga oshirish va kelgusi davrda dividend to‘lovlari koeffitsiyentini oshirish imkonini beradi. Dividend to‘lashning bunday shakli aksiyadorlarning roziligini olishni talab qiladi. Ko‘rib chiqilgan tamoyillar hisobga olinganda aksiyadorlik jamiyatlarining dividend siyosati uning asosiy bosqichlariga mos holda shakllanadi va dividend siyosatining asosiy turlaridan foydalaniladi. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling