Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Dividendlar afzalligi nazariyasi yoki “Uzoqdagi bug‘doydan
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
3. Dividendlar afzalligi nazariyasi yoki “Uzoqdagi bug‘doydan
yaqindagi somon yaxshi” Dividendlarni afzalligi nazariyasi avvalgisiga qarama-qarshidir. Mayron Gordon va Jon Lintnerlar fikriga ko‘ra, dividendlar to‘lash (koeffitsiyenti) oshgani sayin, aksiyadorlik kapitalining qiymati (daromadliligi) kamayib boradi, chunki investorlarga ko‘ra kapital qiymatining oshishi shaklida daromad olish dividendlar shaklida olinadigan daromaddan ko‘ra riskka ko‘proq tortiladi deb hisoblashadi. Shuningdek, birinchisi nisbatan noaniq kelajakda va fond bozorining qulay umumiy holatida to‘lansa, ikkinchisi esa aksiyadorlar tomonidan tegishli qaror qabul qilingandan so‘ng olinishi mumkin 21 . Investorlar, riskni minimallashtirish tamoyilidan kelib chiqqan holda, faqat kelajakda ko‘rilishi mumkin bo‘lgan daromadga, shuningdek aksiyadorlik kapitalining o‘sishi ehtimoliga qaraganda joriy dividendlarni afzal ko‘radilar. Bundan tashqari, joriy dividend to‘lovlari investorlarning mazkur kompaniyani investitsiyalashning maqsadga muvofiqligi va foydaliligi masalalaridagi shubha darajasini kamaytiradi. Bu holda ularni investitsiya qilingan kapitalni diskontlash koeffitsiyenti sifatida foydalaniladigan foyda me’yorining kamroq miqdori qoniqtiradi, bu esa aksiyadorlik kapitali bozor bahosini oshiradi. Aksincha, agar dividendlar to‘lanmasa, shubha ham ortadi, aksiyadorlar uchun maqbul foyda me’yori ham ortadi, bu esa aksiyadorlik kapitalining bozor bahsini tushurib yuboradi, demak, aksiyadorlar farovonligini kamaytiradi. Darhaqiqat, nazariya mualliflari fikriga ko‘ra, dividend shaklida kutilayotgan har bir pul birligi qayta kapitalizatsiya qilingan pul birligidan ancha yuqoridir. Ushbu dalilning mohiyati mashhur maqolni yaxshi tasvirlaydi: “Uzoqdagi bug‘doydan yaqindagi somon yaxshi”. Dividend siyosati aksiyadorlarning umumiy mulkiga ta’sir qiladi. Investorlar, riskni minimallashtirish tamoyiliga asoslanib, har doim kapitallashgan daromaddan ko‘ra joriy dividendlarni afzal ko‘rishadi. Joriy dividend to‘lovlari ushbu kompaniyaga qilingan investitsiya- 21 Грачев А.Н. Финансовая устойчивость предприятия. Критерии и методы оценки в рыночной экономике. – М.: Дело и Сервис, 2013. – с. 400. 38 larning maqsadga muvofiqligi va rentabelligiga nisbatan investor- larning risk darajasini pasaytiradi. Shu sababli, aksiyadorlarni sarmoyaning bozor qiymatining oshishiga olib keladigan diskont nisbati sifatida ishlatiladigan investitsiyadan keladigan daromadga nisbatan kamroq daromad olish stavkasi ham qoniqtiradi. Gordon va Lintner nazariyasining asosiy xulosasi quyidagilardan iborat: umumiy daromadlilik formulasida dividendli daromad ustuvor ahamiyatga ega; dividendga yo‘naltiriladigan foyda ulushini oshirib borish yo‘li orqali kompaniyaning bozor qiymatini oshishiga, binobarin, uning aksiyadorlari farovonligini oshishiga erishish mumkin. Shuning bilan birga, aksariyat hollarda dividend shaklida olingan daromad baribir keyinchalik o‘zining yoki boshqa kompaniyalarning aksiyalariga qayta investitsiyalanishi mumkin, bu esa risk omilini u yoki bu dividend siyosati foydasiga qo‘llash imkonini bermaydi. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling