Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


 Boshqa dividend siyosati nazariyalari


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

5. Boshqa dividend siyosati nazariyalari 
Dividend to‘lovlarining qoldiq siyosati dividendlarni to‘lash 
jamg‘armasi foyda hisobidan majburiy va ixtiyoriy zaxira jamg‘arma-
lari tashkil etilgandan so‘ng, kompaniyaning investitsiya loyihalarini 
to‘liq amalga oshirishni ta’minlaydigan o‘z moliyaviy resurslarini 
shakllantirish zarurati qondirilganligini ko‘rsatadi. Agar mavjud 
investitsiya loyihalari bo‘yicha ichki rentabellik darajasi kapitalning 
o‘rtacha qiymatidan oshib ketgan bo‘lsa, daromadning asosiy qismi 
bunday loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak, 
chunki u kapitalning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlaydi. 
Aksiyadorlarga 
to‘lovlar 
ichki 
moliyalashtirishga 
mablag‘ 
ajratilgandan so‘ng qolgan sof foydaning bir qismini yo‘naltirilishini 
ifodalaydi. Boshqa tomondan, kompaniya dividendlar miqdorini 


41 
foydadan belgilangan foiz sifatida belgilashi yoki investorlar 
kelajakdagi daromad oqimlarining hisob-kitoblarini boshqa yo‘l bilan 
bajarishlarini osonlashtirishga qaratilgan. Shu sababli ham, kompaniya 
boshqaruvi investorlarning manfaatlari va kompaniyaning ehtiyojlari 
o‘rtasidagi muvozanat nuqtasini izlashi kerak, bu esa moslashuvchan 
dividend siyosatini belgilash orqali erishiladi. 
Investitsiya ehtiyojlari hajmi va foyda darajasiga bo‘lgan ehtiyoj 
yillar kesimda bir-biridan farq qilishi mumkin, bu holat esa dividendlar 
to‘lashning qoldiq tamoyiliga rioya qilshning o‘zgaruvchanligiga olib 
keladi. Chunki bir yil ichida kompaniya foydani dividendlar muhim 
emasligi, reinvestitsiya qilishga yo‘naltirishga qaror qilishi mumkin, 
keyingi yil esa dividendlar to‘lash uchun qaror qilishi mumkin.
O‘zgaruvchan dividendlar siyosati kompaniya uchun barqaror 
dividend siyosatiga qaraganda kamroq talab qilinadi, chunki dividend 
to‘lovining o‘zgarishi noto‘g‘ri signallarni taqdim etishga, binobarin, 
investorlarning ishonchini yo‘qotishga olib kelishi mumkin. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling