Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
 
4. Soliq imtiyozlari nazariyasi 
N. Litsenberger va K.Ramasvami tomonidan o‘tgan asrning 80-
yillari boshida ishlab chiqilgan “Dividendlarni minimallashtirish yoki 
soliq asmmimetriyasi (imtiyozlari) nazariyasi”ga ko‘ra, dividendlarni 
olish vaqtida ular darhol soliqqa tortiladi, kapital ortishi bo‘yicha 
daromad solig‘i faqat aksiyalar, paylar sotilgandagina to‘lanadi. 
Shunday qilib, kapital ortishi bo‘yicha daromad solig‘i nazariy 
jihatdan uzoq muddaga kechiktirilishi mumkin.
Ushbu faktni hisobga olgan holda, R. Litsenberger va 
K.Ramasvami, agar dividend solig‘i kapital o‘sishi bo‘yicha 
daromadlar 
bo‘yicha 
to‘lanadigan 
soliqlardan 
katta 
bo‘lsa, 
kompaniyalar dividendlarning past darajasini to‘lashlari kerak degan 
nazariyani taklif qildilar. Boshqacha qilib aytganda, ushbu nazariyaga 
ko‘ra, aksiyadorlar uchun dividend daromadlari emas, balki 
kapitalizatsiya qilingan daromadlar ustuvor ahamiyatga ega, bunga esa


39 
kapitalizatsiya qilingan daromadlar olingan dividendlarga qaraganda 
kamroq miqdorda soliqqa tortilishi hisoblanadi
22

Nazariyaga ko‘ra, dividend siyosatining samaradorligi mulkdor-
larning joriy va kelgusi daromadlari bo‘yicha soliq to‘lovlarini 
minimallashtirish mezoni bilan belgilanadi. Dividendlar ko‘rinishida 
olinadigan joriy daromadlar kelgusidagi daromadlardan ko‘ra ko‘proq 
soliqqa tortilishi sababli dividend siyosati dividend to‘lovlarining 
minimallashtirilishini va aksiyadorlarning umumiy daromadi bo‘yicha 
eng yuqori soliq himoyasiga erishish maqsadida kapitallashtirishni
maksimallashtirishni ta’minlashi lozim. Shuning uchun, agar ikki 
kompaniya dividend siyosatida faqat foydani taqsimlash usulida farq 
qiladigan bo‘lsa, unda nisbatan yuqori dividendlarni to‘laydigan 
kompaniyaning aksiyadorlari soliq miqdorining yuqoriligi sababli 
yo‘qotishlarni qoplash uchun aksiyalarga yuqoriroq daromad olishni 
talab qilishlari mumkin.
Demak, kompaniyalarga yuqori dividendlar to‘lash foydasiz, uning 
bozor qiymati esa foydada dividendlar nisbatining past ulushda 
ekanligidan maksimal bo‘ladi. Boshqacha aytganda, aksiyadorlar 
uchun dividendlashgan emas, balki kapitallashgan daromadlilik 
ko‘proq ustuvor ahamiyatga ega. 
Masalan, 1982–yilga qadar AQSHda dividendlar bo‘yicha daromad 
solig‘i stavkasi 70 foizni, kapitalning o‘sishi esa 50 foiz edi. 1982–
yildan keyin soliq stavkalari kamaydi (50% va 20%), 1986–yilda esa 
bir xil (28%) bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasida 2018–yilgacha 
dividend solig‘i stavkasi 10 foizni, 2018–yildan 5 foizni tashkil etdi, 
reinvestitsiya qilingan foyda esa soliqqa tortilmaydi. 
Nazariyaga muvofiq, kompaniya o‘z aksiyadorlari hamda kelajak-
dagi investorlarning umidlari va xohishlariga mos keladigan dividend 
siyosatini amalga oshirishi kerak. O‘z navbatida, investorlar odatda 
dividendlar siyosati ularning investitsiyalari maqsadlariga eng mos ke-
ladigan kompaniyani tanlaydi. Xususan, joriy iste’mol maqsadlari 
uchun dividendlardan foydalanadigan alohida investor guruhlari kom-
paniyaning boshqaruvini foydaning katta qismini dividendlarga yo‘-
naltirishni afzal ko‘rishadi. Shu bilan birga, o‘sha aksiyadorlar va 
22
Грачев А.Н. Финансовая устойчивость предприятия. Критерии и методы оценки в 
рыночной экономике. - М.: Дело и Сервис, 2013. – с. 400. 


40 
investorlar guruhlari, agar bu davrda ular pul mablag‘lariga ehtiyoj 
sezmasalar va ular uchun dividendlar olish faqat soliq yukiga aylansa, 
daromadni qayta investitsiyalashga yo‘naltirishni afzal ko‘rishlari 
mumkin. 
Agar kompaniya dividendlarni to‘lamasdan o‘z faoliyatini 
rivojlantirishni maqsad qilsa, pul daromadlarini olishni afzal ko‘rgan 
aksiyadorlar ahvoliga tushib qoladilar. Mazkur aksiyalarining qiymati 
oshishi mumkin, lekin faqat ma’lum bir vaqtdan so‘ng va u joriy 
xarajatlarini qoplash uchun ular bozorda aksiyalarning bir qismini 
sotishlari kerak bo‘ladi. Boshqa tomondan, dividendlarni sarflashdan 
ko‘ra, ko‘pincha kapitalni sarflaydigan strategik investorlar kam 
dividendlarni to‘lash siyosati natijasida to‘lovlar bo‘yicha yanada 
foyda ko‘rishlari mumkin. 
Shunday qilib, dividend siyosatini tanlashda kompaniya 
boshqaruvi o‘z aksiyadorlarining manfaatlaridagi farqlarni hisobga 
olish kerak. Agar aksiyadorlarning asosiy tarkibi dividendlar olishdan 
manfaatdor bo‘lsa, kompaniya boshqaruvi dividendlarni to‘lash 
to‘g‘risida qaror qabul qilishi va tegishli ravishda dividend siyosatini 
shakllantirishi kerak. Shu bilan birga, dividendlarni to‘lash amaliyoti 
bilan rozi bo‘lmagan aksiyadorlarning ozchiligi esa o‘z kapitalini 
boshqa kompaniyalarga qayta investitsiyalashadi va shu bilan 
aksiyadorlar tarkibi bir xil bo‘ladi. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling