Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


 Dividend strategiyasining afzalliklari va kamchiliklari


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

4. Dividend strategiyasining afzalliklari va kamchiliklari 
Dividend strategiyasi har doim investorlar orasida mashhur 
bo‘lgan. Dividend strategiyasi bir qator afzalliklarga va kamchiliklarga 
ega. 
Dividend strategiyasi afzalliklarini quyidagicha keltirish mumkin. 
1. Passiv daromad. Dividend strategiyasi barqaror pul oqimini 
yaratishga imkon beradi. Bu ehtimol, ko‘pchilik aksiyadorlik 
jamiyatlarini mazkur strategiyani tanlashning asosiy sababi bo‘lishi 
mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda har chorakda dividendlar to‘lash 
odat tusiga kirgan. Har olti oyda kamida bir to‘laydigan, shuningdek
har oyda to‘laydigan kompaniyalar mavjud. Har xil aksiyalardan 
dividend portfelini yaratish va har oyda to‘lovlar olish imkoniyati 
mavjud. 
2. Dividendlarni to‘laydigan kompaniya yaxshi kompaniyadir. 
Agar kompaniya muntazam ravishda dividendlarni to‘lashga qodir 
bo‘lsa, unda u moliyaviy jihatdan yaxshi imkoniyatlarga ega. Dividend 
kompaniyalari yanada barqaror va sog‘lom hisoblanadi. Bu esa 
investorlar uchun uzoq muddatli kompaniyalar qimmatli qog‘ozlar 


54 
portfeliga ega bo‘lish juda muhim ahamiyatga ega. Albatta kompaniya 
bilan doimiy daromad olish shaklida uzoq muddatli munosabatlarga 
tayanish muhimdir. 
3. Inqirozdagi aksiyalar. Dividend kompaniyalari qisman inqirozga 
qarshi himoya vositasi hisoblanadi. Bozorda vahima va kotirovkalar 
qulashi mavjud bo‘lsa, bunday kompaniyalarning bankrot bo‘lish xavfi 
kamroq bo‘ladi. Chunki dividendlar shaklidagi barqaror pul oqimlari 
iqtisodiy qiyin vaqtlarda ham investorlarni o‘ziga jalb qiladi. Bundan 
tashqari, to‘langan dividendlar hisobiga past narxlarda tushgan 
aktivlarni sotib olish imkonini beradi. 
4. Dividendlarning o‘sishi. Rivojlangan mamlakatlarda har yili 
dividendlar miqdorini oshirish odat tusiga kirgan. Investorlar bir marta 
investitsiya qilingan kapital hisobiga, hatto qo‘shimcha investitsiya-
larsiz ham har yili ko‘proq pul olishadi. 10, 25 va hatto 50 yil ketma-
ket (dividend aristokratlari) dividendlarni ko‘paytiradigan kompa-
niyalar mavjud. 
5. Daromadni qayta investitsiyalash. Dividend aksiyalariga ega 
bo‘lgan investor kelib tushadigan pul mablag‘lari hisobiga har doim 
yangi aksiyalarni sotib olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, yildan-
yilga pul oqimini oshirish imkoni mavjud. Natija esa kapital va 
dividendlar o‘sishining uch barobar samarasini beradi: 

o‘z mablag‘i hisobiga muntazam ravishda pul oqimini oshirish; 

qayta investitsiyalashdan pul oqimini oshirish; 

dividendlarning tabiiy o‘sishidan pul oqimini oshirish. 
Dividend strategiyasining kamchiliklari sifatida quyidagilarni 
keltirish mumkin: 
1. Yuqori dividendlar – yuqori risk. Kompaniyaning dividendlari 
va qiymati (kotirovkalari) o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud. 
2. Dividendlarni to‘lashni bekor qilish (yoki kamaytirish). Bu 
kamchilik oldingi punkt bilan chambarchas bog‘liq va u quyidagilarga 
olib kelishi mumkin bo‘ladi: 

investor pul oqimini yo‘qotadi (yoki uning hajmi kamayadi). 
Dividendlarni bekor qilganda, aksiyalar kotirovkalari juda kamayishi 
mumkin. Uzoq vaqt davomidagi bunday moliyaviy yo‘qotishlar
foydaning to‘liq olinmasligi holatini yuzaga keltiradi. 

qo‘shimcha xarajatlar ortib ketadi. Kapitalning uzoq muddatli 
to‘planishi holatida dividendlar bilan nima qilish kerak? Tabiiyki


55 
qayta investitsiya qilish. Olingan pullarga kelajakda ko‘proq 
dividendlar olish uchun yangi aksiyalarni sotib olinadi. Pulning faqat 
bir qismi har doim soliq shaklida yo‘qotiladi. Foyda hisobiga qayta 
investitsiyalash amalga oshirilganda uning miqdori kamayadi. Boshqa 
tomondan xarajatlarning ikkinchi omili sifatida broker komissiyasi 
hisoblanadi. Bu to‘langan soliqdan ancha kam, lekin yana uzoq vaqt 
davomida yana ko‘p pul yo‘qotiladi. 
Dividendlar to‘langandan so‘ng, kompaniya aksiyalarining narxi, 
odatda, dividendlar miqdoricha kamayadi. Dividendli gep bir necha 
kun ichida yopilishi mumkin, ehtimol, bir necha oy yoki hatto yilga 
cho‘zilishi ham mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasida aksariyat kompaniyalar yozda yoki 
kuzda yiliga bir marta dividend to‘laydi. Bunday davriylik bir xil pul 
oqimiga ehtiyoj sezgan kompaniyalar manfaatiga mos kelmaydi. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling