Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Qisqa xulosalar 
 
Dividend strategiyasi aksiyalarni birinchi navbatda ularning kurs 
qiymatining o‘sishini kutish o‘rniga, ulardan olinadigan dividend
daromadlariga ko‘ra sotib olishni ko‘zda tutadi. Bu turdagi strategiya 
faqat aksiyalar kurs qiymatini o‘zgartirish bo‘yicha chayqovchilik 
yo‘nalishiga 
yo‘naltirilgan 
strategiyalarga 
nisbatan 
ko‘proq 
konservativ va kam riskli hisoblanadi. Ushbu strategiya bo‘yicha 
aksiyalar 
portfelini 
to‘g‘ri 
shakllantirish 
uchun 
investor 
kompaniyaning yuqori dividendlarni to‘lashining asosiy sabablarini 
bilishi va tushunishi kerak. Investitsiya portfelini shakllantirishning 
asosiy maqsadi investor uchun risk va daromad o‘rtasidagi eng maqbul 
kombinatsiyaga erishishdir. Boshqacha qilib aytganda, tegishli 
qimmatli qog‘ozlar majmui investor uchun zararni minimumga qadar 
kamaytirish va bir vaqtning o‘zida daromadni maksimal darajada 
oshirishga mo‘ljallangan. 
Amaliyotda 
dividend 
strategiyasining 
uzoq 
muddatli 
yondashuvlarga asoslangan strategiya, har oyda bir xil miqdorda va bir 
xil summadagi aksiyalarni sotib olish, dividendli aksiyalarini sotib 
olish, dividendli gep kabi turlari mavjud. Dividend strategiyasi har 
doim investorlar orasida mashhur bo‘lgan. Dividend strategiyasi bir 
qator afzalliklarga va kamchiliklarga ega. 


56 
Nazorat savollari 
 
1. Dividend strategiyasiga ta’rif bering. Aksiyalar dividend
portfelini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan 
iborat? 
2. Dividend strategiyasi qanday va nimalarga asoslanib tanlanadi? 
3. Aksiyalar portfelini shakllantirishning asosiy tamoyillarini sanab 
bering. 
4. Dividend chempionlari, aristokratlari va yutuqlari mohiyatini 
tushuntirib bering va ularni qo‘llanish sohalarida fikr bildiring. 
5. Dividend strategiyasining turlari to‘g‘risida tushuncha bering. 
6. Dividendli gep nima va uni qanday bartaraf etish mumkin? 
7. Dividend strategiyasining afzalliklari va kamchiliklarini sanang. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling