Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daromad- lilik Dividend strategiyasi DSI barqa- rorligi
4-rasm. Dividendli aksiyalarga investitsiya qilish strategiyasini tanlash 25 . Aksiyalarga sarmoya kiritish uchun juda ko‘p strategiyalar mavjud. Biroq, eng keng tarqalganlari bir necha bor xolos. Bulardan eng zamonaviy strategiya dividendli strategiya hisoblanadi. 24 Бандурин А.В., Гуржиев В.А., Нургалиев Р.З. Финансовая стратегия корпорации. М. Юнити.2016.-324 с. 25 Ma'lumotlar asosida muallif ishlanmasi. Daromad- lilik Dividend strategiyasi DSI barqa- rorligi 47 Agar har qanday investitsiya, birinchi navbatda, rentabellikni ko‘zlagan bo‘lsa, unda dividend uzoq muddatli aksiyalarga ega bo‘lgan rentabellikning timsolidir. Kompaniyalar har doim nafaqat dividendlar to‘laydi, balki ularni oshiradilar, hozir eng yaxshi moliyaviy holatida va kelajak uchun yaxshi istiqbollari bor degan tushunchalar bor. Haqiqatan ham: muntazam dividendlarni to‘laydigan kompaniyalar odatda eng yaxshi moliyaviy ahvolda bo‘ladi, barqaror daromadga ega va daromad o‘sishini ta’minlaydi; dividendlar yaxshi boshqariladigan kompaniyalarni aniqlashga yordam beradi; har bir dividendlar deklaratsiyasi kompaniyaning boshqaruv kengashi va ishonch ovozini ifodalaydi; dividendlar to‘lovlarini doimiy ravishda oshiradigan kompaniyalar ham o‘z moliyaviy natijalaridan kutilayotgan prognoz ko‘rsatkichlarini ko‘taradilar; dividendlar to‘laydigan kompaniyalarning aksiyalari o‘z qiymatga ega bo‘lib, ularni past darajadagi bozorlarda barqarorlash- tirishga olib keladi, bu esa kotirovkalarning qayta belgilashda qiymatlarini ko‘tarilishida yaxshi potensialga ega bo‘lishiga yordam beradi. Amaliyotda dividend chempionlari, aristokratlari va yutuqlari kabi tushunchalar mavjud. Dividend aristokratlar ro‘yxati S&P- 500 indeksiga asoslangan. Bu S&P ning 500 aksiyalar ichidan olingan 64 aksiyalarning 25 yillik dividendlar ketma-ket o‘sishi bilan tanlangan guruhidir. Ular dividendlar o‘sishi uchun "eng yaxshi" aksiyalardir. Dividend aristokratlar bozorni ko‘p yillar davomida bosib olgan. Ro‘yxatga kirish uchun talablar: S&P 500 da bo‘lish; dividendlarni oshirish uchun 25+ yil ketma-ketlik muddat bor; hajmi va likvidlilik uchun muayyan minimal talablarga rioya etish. Dividend chempionlari ro‘yxati dastlab 2007 – yilda Deyv Fish tomonidan yaratilgan, ammo hozir ular bilan Justin Law shug‘ullanmoqda. Ro‘yxat Nyu-York fond birjasidagi barcha kompaniyalarni o‘z ichiga oladi, bu esa so‘nggi 25 yil ichida dividendlarni miqdorini 48 oshirganliklarini anglatadi. Chempionlik uchun nomzodlar-10 yil, shuningdek, nomzodlar 5 yil davomida dividendlar miqdorini orttirib borgan bo‘lishlari kerak. Quyidagi jadvalda esa Nyu-York fond birjasidagi dividend chempionlari ro‘yxati keltirilgan. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling