Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
-jadval Dividend chempionlari ro‘yxati
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
1-jadval
Dividend chempionlari ro‘yxati 26 Kompaniyalar Tiker Tarmoq sohasi Dividend daromadliligi, foizda NASDAQ dan dividend yututqlari ro‘yxati eng kam talablarga ega. Ro‘yxatga kirish uchun kompaniya oxirgi 10 yil yoki undan ko‘p yillar davomida dividendlar to‘lash miqdorini oshirib borishi yoki muayyan likvidlik talablariga javob berishi kerak. 2. Aksiyalar portfelini shakllantirishning asosiy tamoyillari Har qanday kompaniyalarda investitsiya portfelini shakllantirish quyidagi tamoyillarga ko‘ra shakllantiriladi: investitsiyalarning xavfsizligi va rentabelligi; 26 Internet ma'lumotlar asosida muallif ishlanmasi. 49 investitsiyalarning o‘sishi; investitsiyalar likvidligi. Xavfsizlik investitsiya kapital bozorida investitsiyalar mustah- kamligi va barqaror daromad olishlikni anglatadi. Xavfsizlik odatda daromadlikni kamaytiradi va investitsiyalarning o‘sishiga yordam beradi. Investitsiyalar likvidligi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni darhol sotib olishda ishtirok etish yoki ularning tez va zararsiz holda naqd pulga aylantirib olish qobiliyatidir. Investitsiya qiymatliklarining hech biri yuqorida sanab o‘tilgan barcha xususiyatlarga ega emas. Shuning uchun, investitsiyalashda kelishuv muqarrar bo‘ladi. Agar qimmatli qog‘oz ishonchli bo‘lsa, unda uning rentabelligi past bo‘ladi, chunki ishonchlilikni afzal ko‘rganlar yuqori narxni taklif qiladi va daromadlilikni pasaytiradi. Portfelni shakllantirishning asosiy maqsadi investor uchun risk va daromad o‘rtasidagi eng maqbul kombinatsiyaga erishishdir. Boshqa qilib aytganda, tegishli qimmatli qog‘ozlar majmui investor uchun zararni minimumga qadar kamaytirish va bir vaqtning o‘zida daromadni maksimal darajada oshirishga mo‘ljallangan 27 . Qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirish uchun dastlabki ma’lumotlar fond birjasidan olingan qimmatli qog‘ozlarning qiyma- tidagi o‘zgarishlar haqidagi ma’lumot bo‘lib, uning asosida investor uchun zarur bo‘lgan risk ko‘rsatkichlari va aktivlar rentabelligi hisoblab chiqiladi. Ammo, qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllan- tirishda taxminan bir xil risk va rentabelligi bor moliyaviy instrument- larni tanlash yoki moliyaviy menejeri tomonidan qaysi aktivga investitsiya qilishni aniqlash bo‘yicha savollar yuzaga keladi (moliyaviy bozorda juda katta tanlash imkoniyati, qo‘shimcha ma’lumot yo‘qligi va h.k.). Portfel investitsiyalarining asosiy afzalligi shundaki, unda investitsiya muammolarini o‘ziga xos vazifalarini hal qilish uchun portfelni tanlash imkoniyati hisoblanadi. Buning uchun qimmatli qog‘ozlar portfelining har xil modellari qo‘llaniladi, ularning har biri portfel egasi uchun maqbul bo‘lgan mavjud risk va ma’lum bir vaqt 27 Бланк И.А. Финансовая стратегия предприятия. Учебный курс. К. Нико Центр. 2016.- 520 с. 50 ichida kutilgan daromad (qaytim) o‘rtasida o‘z balansiga ega bo‘ladi. Ushbu omillarning nisbati qimmatli qog‘ozlar portfelining turini aniqlash imkonini beradi. Portfel turi daromad va risk nisbatlariga asoslangan investitsion xususiyatdir. Shu bilan birga, portfel turini tasniflashning muhim belgisi bo‘lib daromad qanday usulda va qanday manba hisobidan olinganligi bo‘lib hisoblanadi, ya’ni daromad kurs qiymatining o‘sishi hisobiga yoki joriy to‘lovlar-dividendlar, foizlar hisobiga ekanligi aniqlanadi. Balanslashtirilgan portfel nafaqat daromadlarning muvozanatini, balki qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bilan birga keladigan riskni ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham portfel ma’lum bir nisbatda tez o‘sib borayotgan kurs qiymatiga ega va yuqori daromadli qimmatli qog‘ozlardan iborat. Portfel tarkibiga yuqori riskli qimmatli qog‘ozlar ham kiritilishi mumkin. Odatda, ushbu portfel oddiy va imtiyozli aksiyalarni, shuningdek obligatsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Bozorning konyunkturasiga qarab, ushbu portfelga kiritilgan u yoki bu fond instrumentlariga mablag‘larning katta qismi investitsiya qilinadi. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling