Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
Nazorat savollari 1. Kompaniyalarning sof foydasini taqsimlash dilemmasi qanday bo‘lishi kerak? 2. Dividend siyosati nazariyalarini o‘rganish nima uchun kerak? 3. Qoldiq tamoyil bo‘yicha dividendlarni hisoblash nazariyasi bo‘yicha o‘z fikrlarinigizni bildiring. 4. Qoldiq tamoyil bo‘yicha dividendlarni hisoblash nazariyasining kamchiliklarini nimada deb o‘ylaysiz? 44 5. Dividendlar afzalligi nazariyasining asosiy g‘oyasi “Uzoqdagi bug‘doydan yaqindagi somon yaxshi” maqoli bilan mazmunan mos keladi. Nima uchun? 6. Soliq imtiyozlari nazariyasi bo‘yicha tushuncha bering? 7. Dividend to‘lovlarining qoldiq siyosatining asosiy g‘oyasi nimalardan iborat? 8. Dividend to‘lovlarining barqaror miqdori siyosati qaysi hollarda qo‘llanilishi mumkin? 9. "Qo‘shimcha (ekstra) dividendlar" siyosati nazariyasi bo‘yicha o‘z fikrlarinigizni bildiring. 10. Foyda miqdoriga nisbatan barqaror dividendlar darajasi siyosati bilan dividendlar miqdorini doimiy oshirish siyosati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik nimalardan iborat? 45 4-BOB. KOMPANIYANING DIVIDEND STRATEGIYASI 1. Dividend strategiyasi va aksiyalar dividend portfelini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari Dividend strategiyasi aksiyalarni birinchi navbatda ularning kurs qiymatining o‘sishini kutish o‘rniga, ulardan olinadigan dividend daromadlariga ko‘ra sotib olishni ko‘zda tutadi. Bu turdagi strategiya faqat aksiyalar kurs qiymatini o‘zgartirish bo‘yicha chayqovchilik yo‘nalishiga yo‘naltirilgan strategiyalarga nisbatan ko‘proq konser- vativ va kam riskli hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish, birinchi navbatda, ularni biznesga investitsiya qilishdir. Boshqacha qilib aytganda, muayyan biznesdan ulush olish uchun uning faoliyatiga mablag‘ kiritib, mulkdori bo‘lish kerak. Albatta biznesdagi ulushlarga ega bo‘lish, tabiiy ravishda, undan daromad olishni o‘z ichiga oladi. Uzoq muddatli dividend strategiyasidan foydalanishning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, investor aksiyalarning qiymatini doimiy ravishda kuzatishiga hojat yo‘q. Axir, yuqorida aytib o‘tilganidek, mazkur holat ikkinchi darajali hisoblanadi, to‘lovlarning muntazamligi va dividendlar miqdori esa birinchi darajali hisoblanadi. Ushbu strategiya bo‘yicha aksiyalar portfelini to‘g‘ri shakllantirish uchun investor kompaniyaning yuqori dividendlarni to‘lashining asosiy sabablarini bilishi va tushunishi kerak 23 . Bunday sabablar bir necha: 1. Budjetni to‘ldirish kompaniyaning yuqori dividendlar to‘lashining juda yaxshi sababidir. Bu faqat aksariyati davlat aksiyador bo‘lgan kompaniyalar uchun amal qiladi (u aksiyalarning 50 foizidan ko‘prog‘iga egalik qiladi). Budjetni to‘ldirish kerak bo‘lganda, yuqori dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi (aksiyalarning nazorat paketi buni amalga oshirish imkonini beradi). Budjet bilan birgalikda ushbu aksiyalarning boshqa barcha egalarining ham “cho‘ntaklari” to‘ldiriladi. 23 Бандурин А.В., Гуржиев В.А., Нургалиев Р.З. Финансовая стратегия корпорации. М. Юнити.2016.-324 с. 46 2. Egasining o‘zgarishi. Bu dividendlar to‘lanishi mumkin bo‘lgan yana bir sababdir. Mazkur holat yangi mulkdor (egasi)ning pulga muhtojligi sababli sodir bo‘ladi. Axir, nazorat paketini sotib olayotganda, u sezilarli darajada xarajatlar qilgan, va hatto kreditlarga ham kirgan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, yuqori dividendlar yangi sotib olingan biznesning daromadlari hisobiga o‘z xarajatlarini qoplash uchun xizmat qiladi. Boshqa barcha aksiyadorlar ham o‘z ulushlarini oladilar. Strategiya bozorning yirik kompaniyalarining dividend aksiyalariga investitsiya qilish orqali daromad olishni maqsad qiladi. Eng yuqori dividend rentabelligi mavjud aksiyalarni tanlash boshqa aksiyalar indekslariga nisbatan jami daromadlarda mukofot olish imkonini beradi. Strategiya qimmatli qog‘ozlar bozori tashqarisidagi xarajatlari uchun ham foydalanish maqsadida dividendlar shaklida joriy daromad olishni istagan investorlar uchun ma’qul bo‘ladi 24 . Kompaniyalarda har chorakda portfel qayta ko‘rib chiqiladi. Portfel yuqori va barqaror dividendlar to‘laydigan 15-20 kompaniyalar aksiyalaridan tashkil topadi. Strategiyaning reytingi quyidagi rasmda keltirilgan ikki ko‘rsatkich bo‘yicha ballar yig‘indisi bo‘lib, quyidagilardan iborat: 1. Kutilayotgan dividend rentabelligi. 2. "DSI"dividend to‘lovlari barqarorligi indeksi. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling