Sun’iy tanlash Ongsiz tanlash
Download 3.06 Mb.
|
Ch.darvin va boshqa olimlarning muhim asarlari va ularning qisqacha mazmuni
Mavzu: Ch.darvin va boshqa olimlarning muhim asarlari va ularning qisqacha mazmuni Reja: Darvinning yirik asarlari Sun’iy tanlash Ongsiz tanlash. Ongli tanlash. Darvinning yirik asarlari. Darvin dunyo safaridan qaytgach, to‘plangan materiallar ustida Angliyaning ko‘zga ko‘ringan tabiatshunos olimlari bilan hamkorlikda shug‘ullana boshladi. Shu bilan bir qatorda yangi hayvon zotlari, o‘simlik navlarini chiqa rish tajribasini o‘rgandi hamda ilgari o‘tgan va o‘zi bilan zamondosh bo‘lgan tabiatshunos olimlarning asarlari bilan tan isha boshladi. Shularga asoslanib, u organik olam evolutsiyasi haqida dastlab 1842-yili ilmiy asar yozdi va uni yana 15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan boyitdi. Va nihoyat Darvin 1859-yili «Tur larning paydo bo‘lishi» degan mashhur asarni nashr ettirdi. U «Xonak ilashtirilgan hayvon, madaniy o‘simliklarning o‘zgaruvchanligi» (1868), «Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish» (1871), «O‘simliklar dunyosida chetdan va o‘zo‘zidan changlan ishning ta’siri» (1876) kabi asarlar ham yozdi. Bu asarlarda olim organik olam evolutsiyasiga oid ko‘plab dalillarni keltiradi va o‘zidan oldin o‘tgan va ayni paytdagi zamondoshlarining bu sohadagi tadqiqot natijalari, fikrmulohaz alarini bayon etadi. Olim organik olam evolutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini e’tirof etdi. Ch. Darvin 1882-yili vafot etdi (38-rasm). Sun’iy tanlashD unyo bo‘ylab safardan Darvin tashqi muhit ta’sirida turlar o‘zgarishi mumkin ekanligiga ishonch bilan qaytdi. Geologiya, paleontologiya, so lishtirma anatomiya, embriologiya fan dalillari turlar turg‘un emas, balki o‘zgaruvchan ekanligidan dalolat bera- 38-rasm. Charlz Darvin di. Shunga qaramay o‘sha davrdagi hukmron dunyoqarash ta’sirida bo‘lgan ko‘p tabiatshunos olimlar bir turning boshqa turga aylanganligini ko‘rmaganliklarini ro‘kach qilib, organik olam evolutsiyasini tan olmas edilar. Shu bois yosh Darvin o‘z faoliyatini evolutsion jarayon mexanizmlarini aniqlashdan boshladi. Avvalo xonaki hayvon, madaniy o‘simlik navlarining xilma-xilligi sabablarini o‘rgandi. Download 3.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling