Sun’iy tanlash Ongsiz tanlash


Download 3.06 Mb.
bet4/4
Sana20.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1787539
1   2   3   4
Bog'liq
Ch.darvin va boshqa olimlarning muhim asarlari va ularning qisqacha mazmuni

41-rasm. Tovuq zotlari va ularning yovvoyi ajdodi.
quloq suprasi osilgan, dumini esa gajak holda egib turadigan tulkilar olindi. Yovvoyi tulkilar odatda yilda bir marta aprelda urchisa, xonakilashtirilganlar esa ikki marotaba dekabr-yanvar va mart-aprel oylarida urchiganlar.
Inson sun’iy tanlashni olib borar ekan o‘simlik, hayvonlar- ning barcha belgi-xossalarini emas, balki o‘zi uchun ahamiyatli belgi-xossalarini o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yadi. Shunga ko‘ra tanlangan organizmlarning inson ehtiyojiga mos bo‘lmagan belgi-xossalari sun’iy tanlash natijasida o‘zgarmay qoladi yoki korre lyatsiya qonuniga binoan birmuncha o‘zgaradi.
Masalan, g‘o‘zan ing turli navlari tezpisharligi, hosildorligi, tolasining texnologik sifatlari bilan bir-birlaridan farq qilsalar ham, ularning barchasida gul, ildiz tuzilishi o‘zaro o‘xshash bo‘ladi. Kapalakgulda aksincha gullari xilma-xil bo‘lib, barglari o‘zaro o‘xshashdir. Chunki kapalakgulda inson o‘zining estetik ehtiyojiga mos gul tuzilishiga ahamiyat bergan. Bunday holatni hayvonlarda ham ko‘rish mumkin. Jundor qo‘ylarning juni yuqori baholanadi. Shu bois har xil qo‘y zotlarining juni birbiridan keskin farq qiladi. Qoramollarda esa bunday emas.
Darvin sun’iy tanlashining muvaffaqiyatli chiqishida quyida gilarga:

  1. Tanlash uchun olingan organizmlarning son jihatdanko‘pligiga.

  2. Ulardagi individual o‘zgaruvchanlikka.

  3. Seleksionerning tajribasi, sinchkovligiga.

  4. Tanlash olib borilayotgan organizmlarning nazoratsizchatishmasligiga.

  5. Tanlash ta’sirini irsiy o‘zgaruvchanlik tufayli to‘plana borishiga bog‘liq ekanligiga o‘z e’tiborini qaratdi.

Muxtasar qilib aytganda yangi zot va navlarni yaratish metodi hisoblangan sun’iy tanlash o‘zida bir-birini to‘ldiruvchi uch hodisani:
— ko‘zlangan maqsadga mos organizmlarni tanlash va saqlashni;
— inson talablariga mos bo‘lmagan organizmlarni yaroqsizga chiqarishni;
— chatishtirish uchun zarur bo‘lgan ota-ona formalarini sa- ra lash hamda ulardan yangi-yangi nasl olishni mujassamlashtiradi.
Binobarin, yangi nav va zot chiqarishda asosiy omil bo‘lib irsiy o‘zgaruvchanlik sun’iy tanlash hisoblanadi. Darvin zamoniga nisbatan hozirgi vaqtda yangi nav, zot chiqarish metodlari takomillashgan.
Yangi nav va zotlarni chiqarishda sistematik va ekologik jihatdan uzoq ota-ona organizmlarini chatishtirish, kimyoviy, fizikaviy omillar yordamida mutant organizmlar olish, har xil turga mansub organizmlar hujayralarini duragaylash, bir hujayra genini, xromosomasini, yadrosini boshqa hujayraga ko‘chirib o‘tkazish, alohida hujayrani sun’iy muhitda ko‘paytirish kabi usullardan keng foydalaniladi.
Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling