Sun’iy tanlash Ongsiz tanlash


Download 3.06 Mb.
bet2/4
Sana20.11.2023
Hajmi3.06 Mb.
#1787539
1   2   3   4
Bog'liq
Ch.darvin va boshqa olimlarning muhim asarlari va ularning qisqacha mazmuni

Ongsiz tanlash. Arxeologiya ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, odam paydo bo‘lmasdan ilgari yer yuzida madaniy o‘simliklar, xonaki hayvonlar bo‘lmagan. Ibtidoiy odamlar yovvoyi hayvonlarni ovlash, tabiatda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning urug‘larini, mevalarini va boshqa qismlarini iste’mol qilish bilan hayot kechirganlar. Bundan 9—10 ming yil oldin yovvoyi hayvon bolalarini qo‘lga o‘rgatish, yovvoyi o‘simliklar orasidan oziqabop xillarini o‘z kulbalari atrofiga ekish rasm-rusum tusini olgan va bu tajriba avloddan avlodga berila borgan.
Insonlar har gal qo‘l ostidagi hayvonlar, o‘simliklar orasidan ko‘p mahsulot beradigan xillarini saralab, boshqalarini o‘z ehti- yojlari uchun ishlatganlar. Bunday saralash ko‘p ming yillar mobaynida davom ettirilgan. Oqibatda odam xohishidan tashqari yovvoyi o‘simlik, hayvonlardan foydali belgi xossalari bilan birmuncha farq qilgan mahalliy hayvon zotlari, o‘simlik navlari paydo bo‘lgan. Insonlarning bunday faoliyatida yangi nav, zot chiqarish asosiy maqsad qilib olinmaganligini e’tiborga olib, Dar vin bunday ibtidoiy tanlashni ongsiz tanlash deb nomladi. Sun’iy tanlashning ongsiz shakli hozirgi vaqtda ham rivojlanishi qoloq bo‘lgan qabilalarda, dehqon xo‘jalikiarda qo‘llanib kelinmoqda. Masalan Ch. Darvin «Bigl» kemasidagi safari chog‘ida Janubiy Amerikaning Olovli Yerida yashovchi qabilalar ochar- chilik paytda vidra ovlashda unchalik ko‘mak bermaydigan it hamda mushuklarni yeb, ko‘mak beruvchi itlarni saqlab qolgan- lar ini ko‘rgan. Markaziy Osiyoda ongsiz tanlash tufayli bug‘ doyning doni to‘kilmaydigan, poliz ekinlarining, mevali daraxtlarning dastlabki mahalliy navlari chiqarilgan. Ongsiz tanlash yo‘li bilan nav, zot chiqarish ishlari uzoq muddatni talab etgan.
Ongli tanlash. Keyinchalik odam ongining o‘sishi, fan va texnikaning rivojlanishi tufayli odamlarning oziq-ovqati, kiy imkechagi, dori-darmonga bo‘lgan talabining ortishi bilan ongli tanlash nav, zot chiqarish ishida asosiy o‘rinni egallagan. Bunda yaratilmoqchi bo‘lgan o‘simlik navi, hayvon zoti qanday ijobiy belgi-xossalarga ega bo‘lishi oldindan rejalashtirilgan. So‘ngra ana shu reja asosida sun’iy tanlash olib borilgan. Bu esa yangi zot, navlar chiqarish muddatining qisqarishiga va tanlash natijasining ko‘p jihatdan samarali bo‘lishiga imkon bergan (8—10jadvallar).
8-jadval Sun’iy tanlash natijasida g‘o‘zada xo‘jalik uchun

Download 3.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling