Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
Qisqa xulosalar
Dividend siyosatining mohiyati aylanma mablag‘lardan chiqaril- gan va dividendlar shaklida to‘lanadigan foyda ulushi va biznesni kengaytirishga yo‘naltirilgan aksiyalar o‘rtasidagi maqbul nisbatni tanlashdan iboratdir. Kompaniyaning dividend siyosatiga ta’sir qiluvchi bir qator omillar mavjud. O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosati “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun asosida tashkil etiladi. 73 Aksiyadorlik jamiyatining dividend siyosati uning sof foydasidan foydalanish bilan bog‘liq moliyaviy siyosatning muhim qismidir. Jamiyat aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lash yoki ishlab chiqarishni kengaytirish va ushbu to‘lovlarni amalga oshirish uchun aniq daromadni sarflashga qaror qiladi. Kompaniya tomonidan dividendlarni to‘lash amaliyotini baholashda dividendlar qancha muddatlarda to‘langanligini va kompaniyaning e’lon qilingan muddat- larda dividendlarni to‘lash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishini hisobga oladi. Aksiyadorlik jamiyatining dividend siyosati va dividend to‘lovla- rining quyidagi asosiy turlari mavjud. Aksiyadorlik jamiyatlarining dividend siyosati aksiyadorlar farovonligini oshirish va jamiyat kapitallashuvining o‘sishini ta’minlashga qaratilgan. Agar jamiyat aksiyadorlariga dividendlar to‘lash bilan bog‘liq har qanday masalalar "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida" gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, jamiyat ustavi va ushbu Nizom normalari bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, ular aksiyadorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash zaruratidan kelib chiqqan holda hal qilinishi kerak. O‘zbekiston Respublikasida dividend siyosati o‘zining asosiy bosqichlari bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining barcha aksiyadorlik jamiyatlari O‘zbekiston Respublikasining amal- dagi qonunchiligiga, aksiyadorlik jamiyatining nizomiga, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Korporativ boshqaruv kodeksi”ga muvofiq dividend siyosatini ishlab chiqadi. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling