78
bo‘lgan mablag‘lar
miqdoridan oshib ketsa, u holda kompaniya har bir
aksiya uchun belgilangan dividend to‘lovi miqdori oshirishi mumkin.
Ushbu texnikadan foydalanib dividend siyosatini
amalga oshirishda
korxonalar kelajakda qat’iy dividend miqdorini belgilashda foydalanila-
digan ko‘rsatkichiga asoslanadilar. Ushbu texnikaning afzalligi shundaki,
turli vaziyatlarda aksiyadorlarda joriy daromad miqdori o‘zgarmasligiga
ishonch hissi yaratadi, fond bozorida esa aksiyalarning
kurs qiymatini
o‘zgaruvchanlikdan qochish imkonini beradi.
Ushbu siyosatning salbiy tomoni korxona faoliyatining moliyaviy
natijalari bilan zaif aloqada bo‘ladi. Shuning
uchun salbiy konyunktura
va joriy yilning daromadining pasayishi davrida korxona investitsiya,
moliyaviy va hatto asosiy faoliyat uchun yetarli mablag‘ga ega
bo‘lmasligi mumkin. Salbiy oqibatlardan qochish uchun dividendlarning
qat’iy
belgilangan miqdori, odatda kapitalning o‘sishining yetarli
emasligi vajidan korxonaning moliyaviy barqarorligini
pasayishi riskini
kamaytirish uchun nisbatan past darajada belgilanadi.
Qulay bozor sharoitlari va joriy yilgi foydaning miqdori katta bo‘lsa,
aksiyadorlarga qo‘shimcha (ekstra) dividendlar to‘lanadi. Shunday qilib,
aksiyadorlarning daromadlari har yili eng kam dividendlar darajasida
olinadigan va moliyaviy natijalariga qarab vaqti-vaqti bilan to‘lanadigan
qo‘shimcha dividendlar summasidan shakllanadi.
Quyidagi jadvalda sobit dividend to‘lovlari
usulining tavsifi
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: