Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Imtiyozli aksiyalar va oddiy aksiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlar
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
3. Imtiyozli aksiyalar va oddiy aksiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlar
va ularning reinvestitsiyalashdagi ahamiyati Ko‘p kompaniyalar ikki turdagi aksiyalarni chiqaradilar: oddiy va imtiyozli. Ularning orasidagi farq oddiy ko‘rinadi: birinchi holda, aksiyadorlar yig‘ilishida ovoz berish huquqi kafolatlanadi va dividendlarni to‘lashni kafolatlamaydi, ikkinchisida esa aksincha. Lekin hamma narsa oddiy emas. O‘zbekiston Respublikasi “Aksiya- dorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonun imtiyozli aksiyalar oddiy holatlardan farq qiladigan barcha mumkin bo‘lgan vaziyatlarni tasvirlaydi. Ushbu farqlarni 3 guruhga bo‘lish mumkin: dividendlarni to‘lash va to‘lamaslikdagi; aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ovoz berish va bermas- likdagi; aksiyadorlik jamiyatini tugatishdagi. Endi bularni batafsil ko‘rib chiqamiz. 1. Dividendlarni to‘lash va to‘lamaslikdagi farqliliklar. Dividendlar kompaniyaning daromadlarining ulushi bo‘lib, aksiyalar soniga bo‘linadi. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonunning 48-moddasiga ko‘ra, aksiyadorlik jamiyati sof foyda va maxsus fondlardan dividendlar to‘laydi 48 . Sof foyda esa kompaniyaning daromadlaridan barcha turdagi xarajatlarni, soliqlar va boshqa qarzlarni to‘lashdan keyin qolgan pul summasi bo‘lib hisoblanadi. Kompaniyaning pullari juda ko‘p bo‘lsa, dividendlar to‘lash uchun maxsus mablag‘lar zaxiralari yaratiladi. Dividendlar miqdori o‘z navbatida kompaniya ustavida ko‘rsa- tilgan. Bu aniq miqdor yoki sof daromaddan hisoblash formulasi bo‘lishi mumkin. Agar aksiyadorlik jamiyati nizomida imtiyozli 47 Каюмов Р.И. Организация и финансирование инвестиций. Учебник для Вузов – Т. ТГЭУ, 2011. - 455 с. 48 www.lex.uz 96 aksiyaning egasi qancha miqdorda dividend olishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda bu va oddiy aksiyalar bo‘yicha to‘lovlar miqdori bir xil bo‘ladi va direktorlar kengashi uni tasdiqlaydi, qaror oddiy aksiyalar egalari tomonidan qabul qilinadi. Dividendlar miqdori direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlangan qiymatdan yuqori bo‘lmasligi shart. Biroq, shunday vaziyatlar bo‘ladiki, imtiyozli aksiyalar egalariga dividendlar to‘lamaydilar: kompaniya faoliyatida foyda yo‘q, buning barobarida dividend to‘lovi uchun maxsus mablag‘lar ham yo‘q. Jahon amaliyotida dividend to‘lovni to‘lamagan taqdirda aksiya egasi kompaniyaning barcha masalalari bo‘yicha ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi. Ammo boshqa variantlar ham mumkin, masalan, aksiyalarni kumulyativ va konvertatsiya qilinadigan aksiyalarga aylantirishga imkon beradi. Kumulyativ aksiyalar, dividend bo‘yicha qarzlarni kompaniya nizomida ko‘rsatilgan muayyan muddatgacha to‘plab boradi. Dividend to‘lovlari kechiktirilgan taqdirda kumulyativ aksiya egalari ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi. Konvertatsiya qilingan aksiyalar esa kompaniya dividendlar bo‘yicha qarzdorlik to‘lanmaguncha ovoz berish huquqini beradi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, “Jamiyat yetarli miqdorda foydaga ega bo‘lmagan yoki zarar ko‘rib ishlayotgan taqdirda, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyat tomonidan jamiyatning faqat shu maqsad uchun tashkil etilgan zaxira fondi hisobidan va ushbu fond doirasida to‘lanishi mumkin” 49 . 2. Aksiyadorlarning umuiy yig‘ilishida ovoz berish va bermas- likdagi farqlilklar. Kompaniya yillik majlislaridagi aksariyat savollarga faqat oddiy aksiyalar egalari ovoz berishadi. Bu tamoyil oddiy: bitta aksiya – bitta ovoz hisoblanadi. Masalan, aksiyadorlarning yillik majlisidagi asosiy masalalar – yillik foydani tasdiqlash, kuzatuv kengashi a’zolari uchun haq to‘lash tartibi, shuningdek, kelgusi yirik bitimlarni tasdiqlash uchun ovoz beriladi. Oddiy aksiyalar egalarining huquqlari aksiyalar soniga qarab o‘zgaradi. Biroq, yirik kompaniyalar faoliyatini nazorat qilishni rejalashtirayotganda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan masala bor: ularning aksariyatida davlat ulushi katta qismni tashkil etadi. 49 O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g‘risida" gi qonuni. 06.05.2014 y. 97 O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida 1 (Bir) foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin 30 (O‘ttiz) kundan kechiktirmay, agar jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko‘rsatishga haqli. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra uning o‘z tashabbusi asosida, taftish komissiyasining (taftishchining) yozma talabi, shuningdek yozma talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyala- rining kamida 5 (Besh) foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) yozma talabi asosida o‘tkaziladi 50 . Aksiyadorlik jamiyati yoki u joylashtirgan aksiyalarning hammasi bo‘lib kamida 1 (Bir) foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo bilan jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, direktori yoki boshqaruv a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqli. Minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan minoritar aksiyadorlarning qo‘mitasi tashkil etilishi mumkin. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining vakolatiga quyidagilar kiradi: – aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yoki jamiyatning kuzatuv kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va affil- langan shaxslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish; – minoritar aksiyadorlarning o‘z huquqlari va qonuniy manfaat- larini himoya qilish bilan bog‘liq murojaatlarini ko‘rib chiqish; – qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida murojaatlar kiritish; 50 O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to'g‘risida" gi qonuni. 06.05.2014 y. 98 – qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni ko‘rib chiqish. Jamiyat bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar mazkur jamiyatga nisbatan affillangan shaxslar deb e’tirof etiladi. Bularning eng yorqin misoli bo‘lib ushbu jamiyatning 20 (Yigirma) foiz va undan ortiq foiz aksiyalariga egalik qiluvchi yuridik shaxs, shuningdek ushbu jamiyatning 20 (Yigirma) va undan ortiq foiz aksiyalariga yaqin qarindoshlari bilan birgalikda egalik qiluvchi jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi axborot, shu jumladan affillangan shaxslarning yozma bildirishlari va bitimlar bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning to‘liq ta’riflari hamda qaror qabul qilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamiyat yillik hisobotining bir qismi bo‘ladi. Yirik oddiy aksiya egalari kompaniyani boshqarish bo‘yicha har qanday qaror qabul qilishi mumkin. Imtiyozli aksiyalar egalari bo‘lmasdan muhokama qilinmaydigan bir nechta mavzular mavjud. Bularning barchasi kompaniyani tugatish, qayta tashkil etish, Nizomning o‘zgarishi, birjada yangi aksiyalarni joylashtirish yoki mavjudlarini muomaladan olib tashlash bilan bog‘liq masalalardir. 3. Aksiyadorlik jamiyatini tugatishdagi farqliliklar. Kompaniyani tugatish uchinchi farq eng oddiy. Imtiyozli aksiya egalari bankrotlik holatida ilgari o‘z ulushlarini oladilar. Aksiyalar sotib olinadi va ular uchun tugatish qiymati to‘lanadi. Xuddi shu narsa dividendlar uchun ham amal qiladi. Tugatish paytida to‘lanadigan dividendlar birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha to‘lanadi. Ulardan keyin esa oddiy aksiya egalari o‘rtasida bo‘linadi. Agar kompaniyaning faoliya- tiga ta’sir o‘tkazish rejalashtirilmasa va barqaror dividend daromadiga ehtiyoj sezilsa, bunday holda imtiyozli aksiyalarni tanlagan ma’qul. To‘lovlar to‘lanishi barqaror va oldindan ma’lum bo‘ladi. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling