Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8- BOB. AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING DIVIDEND DAROMADLARINI SOLIQQA TORTISH 1. O‘zbekiston Respublikasida dividendlarni soliqqa tortishning
Nazorat savollari 1. Reinvestitsiya nima va uning korxona faoliyatidagi o‘rni nimalardan iborat? 2. Qayta investitsiyaning asosiy o‘ziga xos xususiyatlarini sanab bering. 3. Qayta investitsiyalash koeffitsiyentini aniqlash formulasini izohlang. 4. Qaysi holatlarda dividendlarni to‘lash bilan qayta moliyalash- tirish o‘rtasidagi tanlov yuzaga kelishi mumkin? 5. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, imtiyozli va oddiy aksiyalar o‘rtasidagi asosiy farqlarning reinvestitsiyalashdagi ahamiyati nimalarda? 6. Kompaniyaning dividend va investitsiya siyosatlarining o‘zaro bog‘liqligini misollar orqali tushuntirib bering. 105 8- BOB. AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING DIVIDEND DAROMADLARINI SOLIQQA TORTISH 1. O‘zbekiston Respublikasida dividendlarni soliqqa tortishning o‘ziga xos xususiyatlari Aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlarni to‘lash to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan direktorlar kengashi tavsiyasiga binoan qabul qilinadi. Shu bilan birga, yillik dividendlar miqdori direktorlar kengashi tomonidan tavsiya etilgan va kamroq to‘langan oraliqlardan ko‘p bo‘lmasligi mumkin. Agar dividend to‘lash umumiy yig‘ilish tomonidan e’lon qilingan bo‘lsa, uni to‘lash majburiydir. Aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar qonunchilikka asosan soliqqa tortiladi. Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentiga to‘lanadigan dividend- larga Soliq Kodeksning 345-moddasida nazarda tutilgan tartibda to‘lov manbaida soliq solinadi va bunday daromadlarni oluvchi tomonidan soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi 53 . Aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi soliq rezidentiga to‘lansa, olingan dividendlarga nisbatan to‘lanadigan soliq summasi uni oluvchi tomonidan olingan dividendlar summasidan va soliq stavkasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda aniqlanadi. Bunda dividend oluvchilar ushbu moddaga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasini daromad manbai joylashgan joy bo‘yicha to‘langan soliq summasiga kamaytirishga, agar O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, haqli emas. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga binoan quyidagilar dividendlar deb e’tirof etiladi 54 : 1) yuridik shaxsning foydasini (shu jumladan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha foizlar tarzidagi foydasini) ushbu yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) tegishli aksiyalar (ulushlar) bo‘yicha 53 O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. –Т.: 2019 у. 54 O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. –Т.: 2019 у. 106 taqsimlash chog‘ida aksiyador (ishtirokchi) tomonidan olingan har qanday daromad; 2) tugatish chog‘ida yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirok- chisiga) ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan ko‘p bo‘lgan qismi bo‘yicha pul yoki natura shaklidagi to‘lovlar; 3) jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushi qismining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan qismi bo‘yicha to‘lash; 4) ushbu yuridik shaxsning o‘z kapitali (mol-mulki) hisobiga ustav fondi (ustav kapitali) oshgan taqdirda yuridik shaxs aksiyadorining (ishtirokchisining) qo‘shimcha aksiyalar qiymati (ulush nominal qiymatining oshishi) tarzida olingan daromadlari. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar, basharti ular aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) bunday daromadni to‘lovchi yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda to‘lansa, dividendlar deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olinadigan, chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq dividendlar jumlasiga kiritiladigan har qanday daromadlar ham dividendlar deb e’tirof etiladi. Soliq Kodeksning maqsadlari uchun xususiy korxona mulkdoriga, oilaviy korxona ishtirokchisiga yoki fermer xo‘jaligi boshlig‘iga bunday yuridik shaxslar tasarrufida qolgan foyda summasidan to‘lanadigan daromadlar dividendlarga tenglashtiriladi 55 . Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling