Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
AF=(Cof foyda-imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar)/
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Dividendlar bo‘yicha soliq hisoboti
AF=(Cof foyda-imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar)/
Muomaladagi oddiy aksiyalar Davlat ulushiga ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga barcha soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan, shuningdek, sof foydasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va muassisga ajratmalardan keyin davlat korxonasida qoladigan sof foyda korxona ixtiyorida qoladi va undan muassisning qaroriga binoan foydalaniladi. Davlat ulushiga ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari o‘z ixtiyorida qoladigan sof foyda hisobiga korxona ustavida nazarda tutilgan tartibda va muassis tomonidan tasdiqlanadigan miqdorlarda zaxira fondi va boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin. Davlat korxonalarining o‘z mulkidan dividend olish huquqi mavjud. Soliqlardan tashqari foydaning bir qismi dividend sifatida davlat budjetiga o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasida 2019-yil fevraldan 111 boshlab sof foydadan budjetga ajratiladigan o‘tkazmalar uchun bir xil 30 foiz miqdor belgilandi 60 . Mazkur ajratmalar quyidagicha taqsimlanadi: – ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan davlat ulushi mavjud korxonalari uchun dividend sof foydadan 30% miqdorda belgilandi; – ustav kapitalida 50 foizdan kam bo‘lgan davlat ulushi mavjud korxonalari uchun dividend miqdori umumbelgilangan tartib bo‘yicha amalga oshiriladi. 4. Dividendlar bo‘yicha soliq hisoboti Dividendlar va foizlar hisob-kitobi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha hisobot tarkibiga kiradi. Ularni to‘layotgan soliq agenti u qo‘llayotgan soliq solish tizimidan qat’i nazar uni barcha shunday daromad oluvchilar – jismoniy va yuridik shaxslar bo‘yicha taqdim etadilar. Soliq agentlari dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini o‘zining soliq hisobiga olingan joyidagi soliq organiga dividendlar va foizlar hisoblangan oydan keyingi oyning 20 – kunidan kechiktirmay taqdim etadilar. Masalan, 2020-yil aprel oyida hisoblangan divedendlar bo‘yicha hisob-kitobni 20-maydan kechiktirmay topshirish lozim. Dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobi shakli my.soliq.uz portalida foyda solig‘i bo‘yicha elektron soliq hisobotlari tarkibida joylashgan, shakl kodi - 10202_4 61 . Mazkur hisobot shakli quyidagilardan iborat: – soliq agentlari tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromadlardan olinadigan soliq hisob-kitobi; – soliq agenti tomonidan yuridik shaxslarga to‘langan dividend va foizlar tarzidagi daromad summalaridan ushlab qolingan soliqlar to‘g‘risida ma’lumot; 60 O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. –Т.: 2019 у. 61 www.mysoliq.uz 112 – soliq agenti tomonidan jismoniy shaxslarga to‘langan dividend va foizlar tarzidagi daromad summalaridan ushlab qolingan soliqlar to‘g‘risida ma’lumot; – soliq agenti tomonidan to‘lov manbaida soliq summasi ushlab qolingan dividendlar to‘g‘risida ma’lumot. Hisobotni yil boshidan boshlab o‘sib boruvchi yakun bilan so‘mda to‘ldiriladi. Faqat ko‘k rangdagi kataklarni (satrlarni) to‘ldirish zarur, sariq rangdagilari – avtomatik tarzda to‘ldiriladi. Quyidagi jadvalda soliq agentlari tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar va foizlar bo‘yicha hisobot keltirilgan. Hisob-kitob shakli my.soliq.uz portalida foyda solig‘i bo‘yicha elektron soliq hisobotlari tarkibida joylashgan va uning namunasi quyidagicha keltirilgan. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling