130
hisobdorlik va dividendlar bo‘yicha axborotlarni oshkor qilish muhim
ma’lumotlarga tegishli bo‘lishi kerak. Moliyaviy
hisobot investitsiya
qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish,
kompaniyaning bo‘lg‘usi
pul oqimiga baho berish, aksiyadorlik
jamiyati
resurslariga, majburiyatlariga hamda boshqaruv ishiga baho
berish imkonini yaratadi.
Har bir aksiyadorlik jamiyati o‘zininig axborot siyosati to‘g‘risida
nizomini ishlab chiqadi. Axborot siyosati to‘g‘risida nizom Korporativ
boshqaruv kodeksiga muvofiq ishlab chiqildi va aksiyadorlik jamiyati
tomonidan ochiq
axborotni oshkor etish muddati, tartibi, shakli va
aksiyadorlar, investorlar, boshqa manfaatdor shaxslar hamda ommaviy
axborot vositalari vakillari bilan axborot
almashinuv tartibini
belgilaydi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi
ma’lumotlari asosida tuziladi. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro
standartlariga binoan moliyaviy hisobot
korxonada amalga oshirilgan
muomalalar va moliyaviy holatning tizimlashtirilgan taqdimotidir.
Moliyaviy hisobotning maqsadi keng doiradagi foydalanuvchilar
iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari uchun ahamiyatli bo‘lgan moliyaviy
holat, moliyaviy natijalar va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi
axborotni taqdim etishdir.
Nazorat savollari
1. Korporativ boshqaruvda axborotlarning o‘rni va roli nimada?
2. Dividend siyosati bo‘yicha axborotlarni oshkor etish zaruriyati,
turlari va shakllari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
3. Korporativ hisobdorlik nima?
4. Dividend to‘lovlari bo‘yicha axborotlar
qay tariqa amalga
oshiriladi?
5. Dividendlar bo‘yicha
moliyaviy axborotning muhimligi
nimada?
6. Korporatsiyaning yillik moliyaviy
hisoboti va uning tarkibini
tushuntrib bering.
7. Korporatsiyaning axborot siyosati va uning mazmuni nimadan
iborat?