Investitsiya muhiti – investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar
darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy
omillar majmui.
Investitsiya faoliyati – investitsiya maqsadlarini amalga oshirish
bilan bog‘liq faoliyat. Investitsiya kompleksi tashkilotlari orqali amalga
oshiriladi.
Investorlar – xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual
qiymatlarni sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati
subyektlari. Investorlar obyektlar va investitsiya natijalariga egalik
qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqiga ega bo‘ladi. Investorlar
kreditorlar va xaridorlar rolini bajarishlari, shuningdek, investitsiya
faoliyatining boshqa ishtirokchilari funksiyalarini bajarishlari mumkin.
Odatda
investorlar
kapital
qo‘yilmalar
sarflanadigan
sohalarni
aniqlaydilar, kontrakt va shartnomalarning shartlarini ishlab chiqadilar va
investitsiya aktining boshqa tomonlari bilan - kontraktor, hukumat
organlari, pirovard mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu mahsulotning
iste’molchilari bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradilar.
Inflatsiya – pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy
valyutaning qadrsizlanishi, narxlarning o‘sishi.
Infratuzilma – tovar ishlab chiqarish shartlarini ta’minlovchi ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari kompleksi: yo‘llar, aloqa,
transport, maorif, sog‘liqni saqlash.
Kapital qo‘yilmalar – quvvatlarni takror ishlab chiqarish, ishlab
chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini qurishga qaratilgan resurslar
va jami ijtimoiy mehnatning qiymatini aks ettiruvchi iqtisodiy kate-
goriya. Davlat tomonidan (davlat buyurtmasi), turli mulkchilik shakl-
laridagi korxonalar, tashkilotlar, banklar hamda xususiy shaxslar tomo-
nidan ajratiladigan pul mablag‘lari kapital qo‘yilmalarning manbalari
bo‘lishi mumkin. Kapital qo‘yilmalar yangi korxonalar qurishga yoki
amaldagi korxonalarni qayta ta’mirlashga yo‘naltirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |