Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Sovg‘a qilingan foyda – kompaniya tomonidan pul mablag‘lari, 
mulk yoki qimmatli qog‘ozlar bepul olingan taqdirda aksiyadorlarning 
hisobvaraqlarini mazkur summa miqdoriga to‘ldirish. 
Soliq imtiyozi – soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda soliq to‘lashdan to‘liq, qisman va 
vaqtincha ozod qilish shakli. 
Sof foyda – soliqlar, budjetga majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin 
o‘z tasarrufida qoladigan korxonaning balans foydasining bir qismi. Sof 
foydadan aksiyadorlarga dividendlar to‘lanadi, ishlab chiqarishga 
reinvestitsiyalar va fondlar va zaxiralarni shakllantirish amalga 
oshiriladi. 
Tannarx – mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun ketgan barcha 
xarajatlarning qiymati. 


142 
Ta’sischilar foydasi – aksiyadorlik kompaniyasining ta’sischilari 
tomonidan ushbu korxona aksiyalarini sotishdan olingan mablag‘ bilan 
korxonaga sarmoya kiritgan kapital o‘rtasidagi farq sifatida olingan 
daromad. Ta’sischining foydasi aksiyalarni nominal qiymatdan yuqori 
sotish yoki belgilangan aksiyadorlik kapitalidan ortiq aksiyalarni sotish 
orqali yuzaga keladi. 
Tugatish dividendi – kompaniya tomonidan foydadan emas, balki 
kapitaldan egalariga beriladigan to‘lovlardir. 
To‘g‘ridan – to‘g‘ri investitsiyalar – bevosita mahsulot ishlab 
chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil etish yoki yanada 
kengaytirish maqsadida xorijiy sheriklar tomonidan uzoq muddatli 
kapital 
qo‘yilmalar 
kiritish. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalar 
investorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat qilish 
imkonini beradi. 
To‘lanmagan dividend – direktorlar kengashi tomonidan e’lon 
qilingan, lekin biron bir sababga ko‘ra aksiyadorlarga to‘lanmagan 
dividend. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling