140
Kapital xarajatlar - asosiy kapitalga kiritiladigan mablag‘lar va
zaxiralarning o‘sishi.
Konyunktura – bu bozorda ma’lum
bir vaqtda yuzaga kelgan
iqtisodiy holatdir (asosan talab hamda taklif nisbati va u bilan bog‘liq
bo‘lgan narxlar darajasi orqali yuzaga keladi).
Korxonalarga preferensiya berish – milliy iqtisodiyotda faoliyat
ko‘rsatuvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
maqsadida ular
tomonidan ishlab chiqarishga chet eldan olib kiriladigan xomashyo va
materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek asbob-uskunalarni olib
kirishda boj to‘lovlari va boshqa jarayonlar bo‘yicha
yengilliklar
(imtiyozlar) berilishi.
Kredit – jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh
mablag‘larlarini muayyan tamoyillar asosida qaytarish sharti bilan
foydalanishga berish jarayonida vujudga kelgan
iqtisodiy munosabatlar
majmui.
Kumulyativ bo‘lmagan dividend – bu imtiyozli dividend bo‘lib,
aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati tomonidan e’lon
qilinmasa,
aksiyalar egasiga hisoblanmaydi va berilmaydi.
Kumulyativ dividend – o‘z vaqtida to‘lanmagan va kompaniyaning
majburiyatlari (passivi)ga aylantirilgan to‘planib qolgangan dividend.
Qimmatli qog‘ozlar bilan to‘lanadigan dividend –
bu pul emas,
balki aksiyalar va obligatsiyalar bilan to‘lanadigan dividend. Bunday
dividend boshqa kompaniyaning aksiyalari bilan ham to‘lanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: