Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Dividend qoplamasi – kompaniyaning daromadlari to‘langan 
dividendlar miqdoridan qancha marta oshganini ko‘rsatadigan raqam. 
Dividend qoplamasi dividend to‘lovlari doimiy bo‘lishi va AJning 
investitsiyalar va o‘sish qobiliyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi. 
Dividend mandati – kompaniya aksiyadorining dividendni uchinchi 
shaxsga to‘lash yoki uni aksiyadorning bank hisobiga o‘tkazish haqidagi 
buyrug‘i. 
Dividend siyosati – foydadan foydalanish sohasidagi AJ siyosati. 
Dividend siyosati AJning maqsadlariga qarab direktorlar kengashi 
tomonidan shakllantiriladi va dividendlar shaklida aksiyadorlarga 
to‘lanadigan foyda ulushini belgilaydi; - taqsimlanmagan foyda shaklida 
qoladi; va-qayta investitsiyalanadi. 
Dividend huquqi – aksiyadorlarning har bir aksiyasi uchun 
dividendlar olish huquqi. 
Dividend egalarini ro‘yxatga olish – dividend olishi mumkin 
bo‘lgan barcha aksiya egalarini ro‘yxatga olish jarayoni. Odatda, 
dividendlarni ro‘yxatga olish sanasi dividendlar to‘lash vaqtidan 3 hafta 
oldin e’lon qilinadi. 
Dividendlarni to‘lash – dividendlarni aksiyalari egasiga berish. 
Dividendni o‘tkazib yuborish – har qanday sababga ko‘ra 
aksiyadorlarga aksiyalar bo‘yicha daromadning to‘lanmasligi. 
Ijtimoiy soha obyektlari – aholining munosib turmush sharoiti va 
farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmui. 
Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog‘liqni saqlash, maorif, sport, 
madaniyat muassasalari va boshqalarni kiritish mumkin. 
Yig‘ilgan dividend – imtiyozli aksiyalar egalariga to‘lanmagan 
dividend. 


138 
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – mamlakat iqtisodiyotining 
xalqaro savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o‘z o‘rni va mavqeini 
saqlab qolish va kengaytira olish, jahon talablariga javob beradigan 
mahsulotlar ishlab chiqara olish layoqati bo‘lib, quyidagilar orqali 
belgilanadi: mamlakatdagi ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy darajasi, 
ishlab chiqarish xarajatlari miqdori, ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifati, 
infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, mutlaq va nisbiy ustunliklarning 
mavjudligi. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling