Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


II. DIVIDENDLARNI HISOBLASH VA MIQDORINI


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
II. DIVIDENDLARNI HISOBLASH VA MIQDORINI 
BELGILASH TARTIBI 
 
10. Jamiyat moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi, to‘qqiz 
oyi natijalariga ko‘ra va (yoki) moliyaviy yil natijalariga ko‘ra, ushbu 
Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan aksiyalardan boshqa aksiyalar 
bo‘yicha dividendlar to‘lash (e'lon qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilishga 
haqli. 
Moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va to‘qqiz oyi 
natijalariga ko‘ra dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qaror tegishli davr 
tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin. 
Dividendlar jamiyatning jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasidan 
va (yoki) o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to‘lanadi. 
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyatning buning uchun 
maxsus mo‘ljallangan fondlari hisobidan ham to‘lanishi mumkin. Bunda 
dividendlarni o‘z vaqtida to‘lash va dividendlarni to‘lash uchun aylanma 
mablag‘lar hisobidan olingan mablag‘lar evaziga jamiyat moliyaviy 


146 
holatining yomonlashishining oldini olish maqsadida jamiyat tomonidan 
jamiyat daromadi hisobidan umidsiz debitorlik qarzdorligi bo‘yicha 
zaxira tashkil etiladi. 
11. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi aksiyalarning har bir turi 
bo‘yicha dividendlar to‘lash (e'lon qilish) to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
Jamiyat Kuzatuv kengashi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga 
aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdori va uni to‘lash tartibi to‘g‘risida 
tavsiyalar kiritadi. Dividendlarning miqdori jamiyat Kuzatuv kengashi 
tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. 
12. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining dividendlar to‘lash (e'lon 
qilish) to‘g‘risidagi qarorida quyidagilar belgilanishi lozim: 

dividendlar to‘lanadigan (e'lon qilinadigan) aktsiyalar toifasi - 
(turi); 

muayyan turdagi bitta aksiyaga hisoblangan dividend miqdori; 

dividendlar to‘lash muddati, tartibi va davriyligi. 
Bunda jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan hollarda, shuningdek 
qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda oddiy aksiyalar bo‘yicha 
dividendlarni to‘liq to‘lash imkoni bo‘lmaganda, dividendlar hisoblash 
(to‘lash) to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli emas. 
13. Aksiyadorlar yig‘ilishiga tavsiya etiladigan aksiyalar bo‘yicha 
dividendlar miqdori Kuzatuv kengashi tomonidan quyidagi omillardan 
kelib chiqqan holda, belgilanadi: 

ishonchliligi auditorlik xulosasi bilan tasdiqlangan moliyaviy 
hisobot ma'lumotlariga muvofiq sof foydaning miqdoridan; 

Jamiyatning keyingi davrlarga mo‘ljallangan moliya-xo‘jalik 
rejalaridan; 

Jamiyatning tegishli davr yakunidagi aylanma mablag‘lari 
tuzilmasidan; 

Jamiyatning tegishli davr yakunidagi qarzdorligi hajmidan. 
14. Kuzatuv kengashi tavsiya etadigan dividendlar miqdorini 
belgilashda jamiyatning keyingi davrlarga mo‘ljallangan moliya-xo‘jalik 
rejalarini, jamiyat majburiyatlari va aylanma mablag‘larining joriy va 
kelgusidagi holatini inobatga olishi lozim. Kuzatuv kengashi tomonidan 
jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishiga tavsiya etiladigan 
dividendlar 
to‘lovi 
jamiyat 
tomonidan 
qo‘shimcha 
qarzdorlik 
moliyalashtirishi jalb etishni yoki keyingi davrlarga mo‘ljallangan 
moliya-xo‘jalik rejalarida nazarda tutilmagan boshqa sarflarni keltirib 
chiqarmasligi zarur. 


147 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling