Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


  IV. E'LON QILINGAN DIVIDENDLARNI TO‘LASH BO‘YICHA


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 


149 
IV. E'LON QILINGAN DIVIDENDLARNI TO‘LASH BO‘YICHA 
JAVOBGARLIK 
 
26. Jamiyat aksiyalarning har bir turi bo‘yicha e'lon qilingan 
dividendlarni to‘lashi shart. 
27. Dividendlarni to‘lashda aksiyadorlarning hech biri to‘lash 
muddatlari bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lmaydi. 
Jamiyat 
tomonidan 
oddiy 
aksiyalar 
bo‘yicha 
hisoblangan 
dividendlarni to‘lash aksiyadorlarning dividend olishga bo‘lgan teng 
huquqliligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Bunda jamiyat, agar 
buning natijasida minoritar aksiyadorlarga dividend to‘lash belgilangan 
muddatlarda amalga oshirilmasa, yirik aksiyadorga dividendlar to‘lashga 
haqli emas. 
28. Jamiyatning ijroiya organi jamiyat aksiyadorlariga divi-
dendlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgar bo‘ladi. 
Jamiyat Kuzatuv kengashi jamiyat taftish komissiyasi bilan birgalikda 
ijroiya organining harakatlarini nazorat qiladi. 
29. Kuzatuv kengashi hisoblangan dividendlarni to‘lashni ta'minlash 
maqsadida 
o‘z majlislarida dividendlar to‘lanishining borishi 
to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi. Jamiyat ijroiya organining aybi 
bilan dividendlar to‘liq yoxud o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda, Kuzatuv 
kengashi aybdor shaxslarga javobgarlik choralarini belgilaydi va tegishli 
sanktsiyalarni qo‘llaydi yoxud ularni qo‘llash tashabbusini kiritadi. 
30. Jamiyat o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, aksiyadorlar 
aksiyalarning har bir turi bo‘yicha e'lon qilingan dividendlarni to‘lashni 
sud tartibida talab qilishga haqli. 
31. Jamiyat jamiyatga yuklatilgan dividendlardan soliq summalarini 
ushlab qolish va o‘tkazish bo‘yicha soliq agenti vazifasini bajarmaganlik 
yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling