150
33. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan dividendlar
to‘lash to‘g‘risida
qaror qabul qilinganda, jamiyat muhim faktlar
to‘g‘risidagi xabarlar shaklidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan
muddatlarda oshkor etadi. Bunda jamiyat
tomonidan aksiyadorlarga
ularga dividendlar hisoblanganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma elektron
pochta orqali yuboriladi.
34. Jamiyat tomonidan dividendlar to‘lash bo‘yicha
majburiyatlar
bajarilgandan keyin jamiyat muhim faktlar to‘g‘risidagi xabarlar
shaklidagi tegishli axborotni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda
oshkor etadi.
VI. YAKUNIY QOIDALAR
35. Ushbu Nizom, shuningdek unga kiritilgan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
qarori bilan
tasdiqlanadi.
36. Ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar jamiyat Kuzatuv
kengashi,
jamiyat taftish komissiyasi, jamiyat ichki audit xizmati
a'zolarining, jamiyat ijroiya organi rahbarining taklifiga ko‘ra kiritiladi.
37. Ushbu Nizomning alohida bandlari O‘zbekiston Respublikasining
amaldagi qonun hujjatlariga va/yoki
jamiyat Ustaviga zid kelgan
taqdirda, ushbu bandlar o‘z kuchini yo‘qotadi hamda ushbu Nizomga
tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan paytga qadar, bu bandlar orqali tartibga
solinadigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi
qonun hujjatlari va/yoki jamiyat Ustavi me'yorlari qo‘llaniladi.