116
9-BOB. DIVIDEND SIYOSATI BILAN BOG‘LIQ
AXBOROTLARNI OSHKOR ETISH
1. Axborot tushunchasi, oshkor etish zaruriyati, turlari va
shakllari
Korxona boshqaruvida axborotlar boshqariladigan va boshqaruvchi
tizimlar holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘indisini tashkil etadi.
Korxonalar boshqaruvida qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan
shartlardan biri axborotlar bilan ta’minlanganlik
darajasi hisoblanadi
va u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
axborotlarni yig‘ish;
axborotlarni qayta ishlash
Kompaniyalar muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan axborotni oshkor
qilishlari mumkin, muhim ma’lumotlar esa oshkor etilmasligi mumkin.
Kompaniyalar uchun axborotni oshkor qilishning asosiy vositasi
internet tarmog‘idagi sahifadir, unda axborot joylashtirilishi kerak.
Korporativ boshqaruv tuzilmasi korporatsiya bilan bog‘liq barcha
muhim masalalar, jumladan, moliyaviy faoliyat natijalari, mol-mulk va
kompaniyani boshqarish bo‘yicha o‘z vaqtida va aniq axborotni oshkor
qilishni ta’minlashi kerak.
Axborotlarni oshkor qilish, odatda,
yilga kamida bir marta yoki
kompaniyaga ta’sir ko‘rsatadigan muhim faktlar yuzaga kelgan
taqdirda amalga oshiriladi.Axborotlarning xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
Ishonchlilik.
To‘liqlik. Axborotning to‘liqligi to‘g‘ri
qaror qabul qilishda
o‘z aksini bildiradi.
Dolzarblik. Axborotning muddati bo‘ladi va muddati o‘tishi
bilan eskiradi.
Obyektivlik. Axborot haqiqiy holatni aks ettirishi lozim
Aniqlik. Axborot qanchalik real bo‘lsa, shuncha aniq bo‘ladi
Foydalilik. Bu xususiyat axborotdan foydalanuvchilar uchun
muhim.
Iqtisodiy axborotlarning xususiyatlari esa quyidagilardan iborat:
117
Spetsifiklik. Axborotlar birlamchi va yig‘ma
hujjatlarda
yoritiladi;
Hajmlilik. Boshqaruvning takomillashtirilishi axborot oqimlari
hajmi bilan kuzatiladi;
Davriylik. Ko‘pchilik korxonalar
uchun hujjatlar tushumi va
ularni qayta ishlash takroriylik orqali amalga oshiriladi;
Natijalarni natural va qiymat ko‘rinishida ifodalash;
Axborotlarni qayta ishlashning o‘ziga xosligi. Axborotlar
arifmetik va logik operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: