Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
Qisqa xulosalar
Foydani qayta investitsiyalash – bu o‘z faoliyatini kengaytiradigan korxonani moliyalashtirishning yanada maqbul va nisbatan arzon shaklidir. Korxonaning foyda taqsimoti qanchalik samarali ekanligini aniq ko‘rsatadigan ko‘rsatkich reinvestitsiya koeffitsiyenti bo‘lib, uning formulasini quyidagicha keltirish mumkin. Investorlar qayta investitsiyalashni rad etganda, ular uzoq muddatga rentabellikning minimal darajasiga erishadilar xolos, shu bilan birga investitsiya operatsiyalarining tashabbuskorligni, binobarin qo‘shimcha foyda olish imkonini yo‘qotadilar. Qayta investitsiyalardan voz kechish faqat bir necha hollarda yuz berishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining asosiy maqsadi oddiy aksiyalarning bahosini maksimllashtirishdan iborat, menejerlar qarorining muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsizligi ularning aksiyalar bahosiga ta’sir etishlari orqali baholanadi. Dividend siyosati kompaniyalar barcha ijobiy NPV ga ega investitsiya loyihalarini ular dividend to‘lashlari kerakmi yoki yo‘qligidan qat’i nazar qabul qilishlariga e’tibor qaratishi zarur. Bu juda muhim, chunki agar qarorni dividend to‘lashga qaratib, kompaniyaning yaxshi investitsion loyihasini qabul qilishiga xalal bermasligi kerak. Dividend siyosati moliyalashtirishning tashqi manbalari miqdorini belgilaydi va ayni paytda dividendlar to‘lash uchun qayta moliyalashtirishdan ajratila- digan mablag‘lar ulushini hisoblab chiqarishga imkon beradi. Foydaning qanchalik katta qismi dividend to‘lashga sarflansa, shun- chalik kam mablag‘ kompaniyani qayta moliyalashtirishga qoladi, shuning uchun o‘sish sur’atlari ham shunchalik pasayadi, aksiyalar kursining o‘sishi ham shunchalik past bo‘ladi. Respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlarining aksariyat qismining ustav kapitalida davlat ulushi katta. Shuningdek, aksiya- dorlik kapitalida investor-jismoniy shaxslarning ishtiroki boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda eng past ko‘rsatkichga ega ekanligini keltirishi mumkin. Emitentlarning investitsiya siyosati dividend siyosati bilan chambars bog‘liqdir. Aksiyadorlik jamiyatlar investitsiya siyosatni yuritish orqali maksimal daromad olishga harakat qilinar ekan, bu kompaniyalarning yuritayotgan dividend siyosati to‘g‘ri ishlab chiqilmagan bo‘lsa, 104 bevosita birlamchi bozorda aksiyalarning joylashtirilishida turli xil qiyinchiliklarga duch keladi. Aksiyadorlik jamiyatlar dividend siyosatini ishlab chiqishda o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlarning manfaatlarini ko‘zlashi kerak. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling