Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va
Download 4.95 Mb. Pdf ko'rish
|
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА
Nazorat savollari
1. Dividendlarni to‘lashning qaysi manbalari mavjud? 2. Oddiy va imtiyozli dividend to‘lashda qanday farqliliklar mavjud? 89 3. Dividendlarni belglangan (fiksirlangan) dividendlarni to‘lash usulini tushuntirib bering 4. Kafolatlangan minimal va qo‘shimcha (ekstra) dividendlarni to‘lash usuli qaysi paytda amalga oshiriladi? 5. Dividendlar to‘lashning boshqa usullarini tushuntirib bering. 6. Kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan dividend siyosati xususiyatlariga izoh bering. 7. O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlarni to‘lash qanday tartibda amalga oshiriladi? 8. Dividend siyosati va aksiyalar narxini tartibga solish deganda nimani tushunasiz? 90 7-BOB. FOYDANI QAYTA INVESTITSIYALASH VA DIVIDEND SIYOSATI 1. Reinvestitsiya va uning korxona faoliyatidagi o‘rni Investorlar, biznes egalari va aksiyadorlarini doimiy ravishda o‘z daromadini qanday oshirish mumkinligi, kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlarini qanday yaxshilash mumkinligi kabi masalalar doimo qiziqtirib keladi, bu esa kompaniya faoliyatidan olingan daromad- larning oshishi bilan bog‘liqdir. Reinvestitsiyalar qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilmasdan investitsiya loyihasining rentabelligini oshirishning usuli hisoblanadi. Reinvestitsiyalar bir xil obyektga investitsiya davri tugaganidan keyin daromadni qayta investitsiyalash deb ham ataladi. Qayta investitsiyaning ma’nosi qisqa vaqt ichida kapitalni maksimal darajada oshirishdir. Reinvestitsiyalar nafaqat bir xil obyektda, balki boshqalarda ham amalga oshirilishi mumkin. bu investorning portfelidagi vositalar sonini ko‘paytirish va kapital yo‘qotish riskini kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi 44 . Qayta investitsiyaning asosiy o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardir: investitsiyalardan olingan daromad (foyda) kelajakdagi daromadni oshirish uchun bir xil aktivga qayta yuboriladi; to‘liq yoki qisman reinvestitsiyalar (to‘liq - barcha olingan foyda muomalaga qaytarib yuboriladi, qisman-mablag‘larning bir qismi qaytarib investitsiya qilinadi, bir qismi shaxsiy ehtiyojlar uchun sarflanadi); investitsiyalar davriyligi (qayta investitsiyalash vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladi); investitsiyalash davrining boshida “pul pul uchun ishlashi kerak”, ya’ni dastlabki bosqichda daromad minimal bo‘ladi yoki umuman bo‘lmaydi; eng arzon moliyalashtirish manbaidir. 44 Каюмов Р.И. Организация и финансирование инвестиций. Учебник для Вузов – Т. ТГЭУ, 2011. - 455 с. 91 Qayta investitsiyalashni amalga oshirishdan olingan foyda miqdoriga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillar quyidagilar bo‘lib hisoblanadi: boshlang‘ich investitsiya kapitalining qiymati; takroriy investitsiyalar amalga oshiriladigan davr davomiyligi (davomiylik qancha ko‘p va foyda darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa va uning o‘sish dinamikasi baland bo‘ladi va aksincha); hisobot davrida foyda darajasi; investitsiya obyekti joylashgan sohaning ekspertlar tomonidan berilgan bahosi. Kompaniya faoliyatiga kapitalni qayta investitsiyalash quyidagi vazifalarni bajarish imkonini beradi: 1.Kompaniyaning biznes yoki ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish. 2. Boshqa moliyalashtirish manbalaridan mustaqil bo‘lish imkoniyatini ta’minlash. 3. Boshqa teng shartlar mavjud bo‘lgan sharoitda maksimal daromad olish imkoniyatining borligi. Qayta investitsiyalardan olingan daromad miqdori murakkab foiz asosida tuziladi. Bundan tashqari, investorlar risklarga duch keladi, shuning uchun ham har doim aniq tahlil qilish va rejalashtirilgan investitsiyalarni to‘g‘ri baholash hamda asoslash zarur bo‘ladi. Qayta investitsiyaning salbiy tomoni shundaki, mablag‘lar aylanmadan chiqarilmaydi, investor ularni investitsiya jarayonidan olingan daromad kerakli qiymatga yetgungacha ishlata olmaydi. Agar reinvestitsiyalar shartnoma bo‘yicha amalga oshirilsa, investor ko‘pincha foyda yo‘qotmasdan ularni qaytarib olishi mumkin 45 . Korxonaning foyda taqsimoti qanchalik samarali ekanligini aniq ko‘rsatadigan ko‘rsatkich reinvestitsiya koeffitsiyenti bo‘lib, uning formulasini quyidagicha keltirish mumkin. Download 4.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling