Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
Qisqa xulosalar 
 
Aksiyadorlik jamiyatining foydasini taqsimlash mexanizmi 
muayyan harakatlar ketma-ketligini ta’minlaydi. Dividendlarni to‘lash 
uchun mablag‘ manbalari oddiy aksiyalar bo‘yicha jamiyatning sof 
foydasi, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha sof foyda, shuningdek, buning 
uchun maxsus tuzilgan fondlar mablag‘lari bo‘lib hisoblanadi. 
Dividend to‘lovlari usullarining bir necha turlari mavjud. Sobit 
dividend to‘lovlari (yoki barqaror dividend to‘lovlari miqdori) usuli 
qimmatli qog‘ozlar qiymati o‘zgarishidan qat’i nazar, uzoq vaqt 
43
O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya 
qilish to'g‘risida" gi qonuni. 06.05.2014 y.


88 
davomida 
oddiy 
aksiyalar 
bo‘yicha 
dividendlarni 
to‘lashga 
yo‘naltirilgan sof foydaning barqaror foizini nazarda tutadi. 
Kafolatlangan minimum va qo‘shimcha dividendlarni to‘lash usuli 
sobit dividendlar miqdorini muntazam ravishda to‘lashni nazarda 
tutadi. Qoldiq tamoyil bo‘yicha dividendlarni to‘lash usulining 
mohiyati shundan iboratki, dividendlar kompaniyaning barcha asosli 
investitsiya ehtiyojlari qondirilganidan so‘ng oxirida to‘laniladi.
Dividendlarni aksiyalar bilan to‘lash metodikasida aksiyadorlar pul 
o‘rniga qo‘shimcha aksiyalar oladi. Jamiyat moliyaviy yilning birinchi 
choragi, yarim yilligi, to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra va (yoki) 
moliyaviy yil natijalariga ko‘ra, agar ushbu Qonun va jamiyat ustavida 
boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, joylashtirilgan aksiyalar 
bo‘yicha dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. 
Jamiyatning moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va 
to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi qarori 
tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin. 
Aksiyalarning har bir turi bo‘yicha dividendlar to‘lash, 
dividendning miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi to‘g‘risidagi qaror 
jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning 
ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda
moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy 
yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarni to‘lash muddati va 
tartibi jamiyatning ustavida yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi 
qarorida belgilanadi. Dividendlarni to‘lash muddati shunday qaror 
qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan kech bo‘lmasligi 
lozim. Qimmatli qog‘ozlar kursi va dividendlar siyosati bir-biri bilan 
bog‘liq. Kurs narxi turli omillar ta’siri ostida shakllanadi. Aksiyalar 
kursini sun’iy ravishda tartibga solishning to‘lanadigan dividendlar 
miqdoriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bir qator usullari mavjud. 
Bunga aksiyalarni maydalash, yiriklashtirish va qayta sotib olish 
usullari kiradi. 

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling