Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Temirov dividendlar va


Download 4.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/86
Sana06.11.2023
Hajmi4.95 Mb.
#1750301
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
Bog'liq
ARM ДИВИДЕНДЛАР LAT Dividendlar va dividend siyosati ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Qisqa xulosalar 
Kompaniyaning maqsadlariga va joriy hamda prognozli vaziyatga 
qarab, kompaniyaning daromadlari qayta investitsiyalanishi, taqsim-
lanmagan foyda uchun hisobdan chiqarilishi yoki dividendlar shaklida 
to‘lanishi mumkin. Korporativ boshqaruvning sifat darajasi kompa-
niyaga sarmoya kiritish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul qilishga 
ta’sir qiladi, bu uning kapitallashuvining o‘ziga xos xususiyati hisob-
lanadi. Samarali korporativ boshqaruvning ajralmas qismi sifatida 
samarali dividend siyosati hisoblanadi. Dividendlarni to‘lash masala-
lari fuqarolik kodeksi, aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun va 
aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish bilan tartibga solinadi.
Foydani taqsimlashda nafaqat jamiyat manfaatlari, balki xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar tadbirkorlari, ularning kontragentlari manfaatlari, 
shuningdek, ayrim xodimlarning manfaatlari ham kesishadi. Foyda 
taqsimotini ko‘rib chiqishning dolzarbligi aniq, chunki korxonaning 
kelajakdagi rivojlanish darajasi, aksariyat hollarda uning bozor qiymati 
quyidagi ikki daromad o‘rtasidagi eng maqbul nisbatni topishga 
bog‘liq.  


30 
O‘zbekiston Respublikasining dividend siyosatini belgilashda, 
asosan, rivojlanayotgan mamlakatlarga xos bo‘lgan, endigina rivoj-
lanib borayotgan bozorlarida investorlar to‘lanadigan dividendlar 
miqdoriga emas, balki kompaniya kapitallashuvining o‘sish istiqbol-
lariga yo‘naltirilgan. 
Dividendlar miqdori, o‘z navbatida, rivojlangan bozorlarda 
kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari qiymatida kamroq o‘zgarishlarga 
ega bo‘lgan sharoitlarda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston 
Respublikasi kompaniyalari tomonidan dividendlarga yo‘naltiriladigan 
sof foydaning ulushi asta-sekin o‘sib bormoqda, ammo dividend
rentabelligi pastligicha qolmoqda. 
Dividendlar miqdori kompaniyaning rentabelligiga bog‘liqligi 
muhim hisoblanadi. Aksiyadorlarning daromad olish huquqi nuqtayi 
nazaridan O‘zbekiston Respublikasi korporativ boshqaruv amaliyotini 
o‘rganishda ichki hujjatlarda dividend to‘lovlarini hisoblash tamoyil-
larini tasdiqlagan dividend siyosati va dividendlarni to‘lashga 
yo‘naltiriladigan sof foydaning eng kam ulushini mavjudligi; oddiy va 
imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlarni to‘lash amaliyoti kabi 
jihatlar tahlil qilinadi. 
Kompaniya 
tomonidan 
dividendlarni 
to‘lash 
amaliyotini 
baholashda dividendlar qancha muddatlarda to‘langanligini va kompa-
niyaning e’lon qilingan muddatlarda dividendlarni to‘lash bo‘yicha o‘z 
majburiyatlarini bajarishini hisobga oladi. Agar ustavda boshqa 
muddat belgilanmagan bo‘lsa, kompaniyalar 60 kun ichida dividendlar 
to‘lashlari shart. Axborotni o‘z vaqtida oshkor qilish korporativ bosh-
qaruv samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi, 
investorlarga uning amaliyoti va investitsiya risklarini ishonchli 
baholash imkonini beradi.

Download 4.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling